Yigit Bo‘zsuv qirg‘og‘ida o‘tirsa, suvdan bir qurbaqa chiqib qolibdi-yu, tilga kiribdi: — Meni o‘psang, go‘zal malikaga aylanaman... Buni ko‘rgan yigit qurbaqani olib cho‘ntagiga solayotganmish: — Nima qilyapsan? Men go‘zal malikaman, - desa, yigit: — Go‘zal malikalar tiqilib yotibdi. Gapiradigan qurbaqa hali birorta blogerda yo‘q. Sen menga shundayligincha kerakliroqsan! - degan ekan.