Bir kishi qo‘shnisini darvozasini taqillatib uzoq turibdi. Hech kim ochmabdi. Birozdan keyin uydan kuchuk chiqib kelibdi-da: — Ko‘rmayapsanmi, uyda hech kim yo‘q! - debdi. Haligi odam hushidan ketib qolibdi. O‘ziga kelib qarasa, kuchuk haliyam turgan ekan. — Sen gapirasanmi? Boshqa kuchuklarga o‘xshab vovullashni bilmaysanmi? - desa, kuchuk: — Bilaman. Seni qo‘rqitgim kelmadi-da, - dermish.