Ikkita o‘zbek Fransiyaga borib restoranga kiribdi. — Fransuz tilini bilmaymiz-ku, qanday qilib buyurtma beramiz? - debdi biri. Sherigi: — Shoshmay tur! Hozir boplayman, - debdi va ofitsiantni chaqirib: — Lya salat, lya tovuq, lya non, lya choy, - debdi. Ofitsiant tez fursatda hamma aytgan narsalarni olib kelib beribdi. — Ko‘rdingmi! Men bo‘lmasam nima qilarding?! - debdi buyurtma bergan o‘zbek sherigiga va ofitsiantga: — Lya rahmat! - desa, ofitsiant: — Lya osh bo‘lsin, aka! - degan ekan.