Afandini tobi qochibdi. Lekin tabibga to‘lashga puli ham yo‘q ekan. Tabibni oldiga kelib: — Ayting-chi, siz shamollab qolsangiz qanday tuzalasiz? - debdi. Tabib davolanish sirini ipidan ignasigacha aytib beribdi. Afandi tabibni gapini diqqat bilan eshitgach, "Rahmat" deb chiqib ketibdi.