Bir yigit to‘tiqush sotib olsa, to‘tiqush juda yomon so‘zlarni aytar ekan. Yigit to‘tiqushni ta’zirini berib qo‘ymoqchi bo‘lib, uni muzlatgichga solib qo‘yibdi. Oradan yarim soat o‘tib, to‘tiqush kechirim so‘ray boshlabdi. — Mayli, kechirdim. Xatolaringni tushunib yetganga o‘xshaysan! – debdi yigit. To‘tiqush bo‘lsa yigitni qulog‘iga pichirlab: — Eshak miyangga yana nimalar keladi?! – degan ekan.