Vrach bemor erkakni ko‘rikdan o‘tkazib bo‘lgach, tashqariga chiqib terishini so‘rabdi va bemorni xotini bilan gaplashib olishi kerakligini aytibdi. — Eringizni ahvoli jiddiy! – deb gap boshlabdi vrach. — Agar uzoq umr ko‘rishini xohlasangiz, unga faqat yaxshi gapirish, mazali taomlar tayyorlab berishingiz, dam olishini ta’minlashingiz, eng muhimi asabiylashmasligi kerak! – debdi. Xotin vrachni xonasidan chiqib, eri bilan uyga ketayotsa, yo‘lda eri so‘rabdi: — Vrach nima dedi xotin? — Sizni uzoq yashamasligingizni aytdi, - debdi xotini.