Ko‘chada bir hovuch shirinlikni paqqos tushirayotgan bolakayni ko‘rgan kishi unga dedi: — Ko‘p shirinlik yeyaverma! Bu sog‘lig‘ing uchun juda zararli! Bolakay: — Meni 90 yoshga kirgan buvam bor... – debdi. Haligi kishi: — Buvang shirinliklarni kamroq yegandur-da?! – desa, bolakay: — Buvam birovlarni ishiga kamroq aralashgan.