Uchta erkak o‘zini xotinini maqtay boshlashibdi. Birinchisi debdi: — Meni xotinim shunaqa pokiza, shunaqa ozoda. Kecha ko‘ylagimni yuvib, dazmollab qo‘yibdi. Ko‘ylak xuddi yangidek, kiyilmagandek bo‘pti. Ikkinchi erkak debdi: — Meni xotinim shunaqa chevar-ki...! Tizzalari yirtilgan shimni tikib qo‘yibdi. Huddi yirtilmagandek... Uchinchi erkak ham ularga qarab turib debdi: — Meni xotinim ham juda ozoda, chevar! Uyimizni derazasini yuvib, parda ilib qo‘yibdi. Ko‘rsangiz hecham pardasi bor, yuvilgan deraza demaysiz...!