— Qahraton qish kuni podsho Afandini chaqirtirib buyurdi:
— Yalang‘och, qasrning tomiga chiqib, tong otguncha tursangiz ikki yuz tanga mukofot beraman!
Afandi shartga rozi bo‘lib, shom vaqtida kiyimlarini yechdi-da qasr tomiga chiqib ketdi. Sovuqda qotib qolmaslik uchun u o‘zi bilan katta bir toshni olib chiqib, tong otguncha toshni u yoqdan-bu yoqqa yumalatib chiqdi.
Podsho va a’yonlar Afandini sovuqda qotib o‘lgan deb o‘ylagan edilar, Afandi esa, ertalab tomdan sog‘-salomat tushib podshoga ta’zim qildi hamda va’da qilingan tangalarning berilishini talab qildi. podsho so‘radi:
— Mulla Nasriddin, kechasi ko‘zingizga o‘t ko‘rinmadimi?
— Tog‘ning tepasida yiltillagan o‘t ko‘rindi,— dedi Afandi.
— Shartni buzibsiz, o‘sha o‘tga isingansiz, shuning uchun sizga tanga berilmaydi!—dedi-da, podsho Afandini haydab chiqardi. Yozda podsho vaziri bilan ovdan qaytishda nihoyatda chanqab, choy ichish uchun Afandining xovlisiga kelishdi. Afandi ular oldiga talqon qo‘ydi va dasturxonga qistay boshladi.
— Tashnalikdan o‘lar holatga keldik, choy qaynatib chiqing,— buyurdi podsho. Afandi «xo‘p bo‘ladi» dedi-da, uyiga kirib ketib, qaytib chiqmadi.
Podsho Afandining orqasidan kirib qarasa, u qumg‘onni uzun yog‘ochga ilib qo‘yib tagidan o‘t yoqmoqda. podsho hayron bo‘lib so‘radi:
— Yog‘och uchida turgan qumg‘on ham yerdan o‘t yoqqanda qaynaydimi?
Afandi beparvo javob berdi:
— Qasr tomida turib, tog‘dagi olovga isinsa bo‘lar ekan-ku, yerdan yoqilgan o‘tga yog‘och uchidagi qumg‘on qaynamas ekanmi?!

126

Boshqa latifalar

Yangi yilni nishonlab tongga yaqin bir ahvolda uyga kirib kelgan erni xotini kutib olibdi.
— Yuzimga qarashga endi qanday chidaysiz? – debdi xotini.
Er bo‘lsa unga:
— Hechqisi yo‘q onasi, shuncha yil chidab kelyapman, bu yog‘i ham qarayveraman, - dermish.
0

Bir kuni o‘rmondan sher kelib shahardagi daraxt ustiga chiqib olibdi.
Buni ko‘rgan bir odam kerakli joyga murojat qilibdi. Tezda bir kishi iti bilan yetib kelibdi va haligi odamga debdi.
Men daraxtga chiqib sherni pastga tushiraman va it borib uni g‘ajib tashlaydi deb haligi odam qo‘liga miltiq beribdi. Shunda u odam hayron qolib surabdi. Kechirasiz agar it sherni g‘ajib tashlasa miltiqni nima keragi bor desa
Haligi odam: Agar men tushib ketsam it otib tashlaysiz.

0
Musiqachi uyida baraban chalib o‘tirgan ekan, qo‘shnilari ajoyib musiqa ovozi ko‘chaga ham balandroq eshitilsin deb uni derazasini tosh bilan sindirib ketishibdi.
0
Kechki bazmlarning birida bir erkak noz-karashma qilayotgan ayolga debdi:
Kechirasiz xonim, men uylanganman!
Ayol bo‘lsa unga javoban:
—Voy xudoyim-yey, men bo‘lsa kasal ekansizmi deb o‘ylabman...
0
Qishloqdagi bolakay:
— Oyijon, chelakdagi sutga sichqon tushib ketti.
— Voy sho‘rim qursin! Darrov olib tashla!
— Yo‘q. Men chelak ichiga mushukni tashladim. Hozir sichqonni ushlaydi.
0
Kafeda ofitsiant mijozga buyurtma qilingan tovuqni qo‘lida ushlab olib kelayotganini ko‘rib jahl bilan:
— Nega ovqatni qo‘lingiz bilan ushlab olgansiz!? - desa, ofitsiant:
— Ikki martta yerga tushib ketdi. Uchinchi martta ham tushirib yubormay degandim... - dermish.
0
Psixiatr vrachdan do‘sti so‘rabdi:
— Nimaga sen bemorlaringdan qanday mashinasi borligini so‘rayapsan? Buni kasallikka nima aloqasi bor?
— Eh do‘stim, shunga qarab bemorimdan qancha pul olishni mo‘ljallayman-da!
0
O‘lim jazosiga hukm qilingan yevreydan so‘rashibdi:
— So‘nggi so‘zingni aytishing mumkin!
— O‘limim oldidan so‘nggi martta qulupnay yemoqchiman.
— Axir qulupnay bahorda pishadi.
— Mayli, men kutib turaman...
0
Boshliqni xonasini tozalayotgan farrosh ayolni qulog‘i eshitmas ekan. Bir kuni tokchadagi guldon yerga tushib sinibdi. Farrosh ayol orqasiga o‘girilib singan guldonga qaragan ekan, boshliqni yuragi yomon bo‘lib qolibdi. Chunki o‘sha farrosh opa maxfiy yig‘ilishlarda bemalol xonani tozalab yuravergan ekan-da!
0
Ishga kayfiyatsiz kelgan yigitdan do‘sti so‘rabdi:
— Nega kayfiyating yo‘q?
— Xotinim bilan urishib qoldim.
— Nega urishding?
— Yangi ko‘ylak sotib olgan ekan. "Meni semiz ko‘rsatmayaptimi?" deb so‘radi.
— Sen nima deding?
— To‘g‘risini aytdim.
0