— Xotinjon, iltimos menga qarab yot.
— Yo‘q, qaramayman, siz sarimsoq yegansiz!
— Sen esa yotishdan oldin, bir kosa noxat sho‘rva ichding, nafas ololmayapman.
Bir o‘zbek bilan tatar kafega kirishibdi. Tatar 3ta bulochkani hech kimga bildirmay cho‘ntagiga solib, o‘zbekka maqtanayatganmish:
— Qara, shipirish degani shunaqa bo‘ladi. O‘rgan, student! — desa
O‘zbek aytarmish:
— Shipirishni hozir senga o‘rgataman, — debdi.
O‘zbek sotuvchini oldiga borib:
— Xohlaysizmi, sizga fokus ko‘rsataman?
— Qani, ko‘riluchi?
— 3 ta bulochka bering!
— Mana!
O‘zbek 3 ta bulochkani sotuvchini oldida paqqos tushirib, og‘zini artayotsa, sotuvchi g‘azablanib:
— Bulochkani yo‘q qildingku, nomard! Shumi fokusing? — desa
— Bulochkangiz joyida, ana anu tatarni cho‘ntagini qarang, — dermish
Kafeda ofitsiant mijozga buyurtma qilingan tovuqni qo‘lida ushlab olib kelayotganini ko‘rib jahl bilan:
— Nega ovqatni qo‘lingiz bilan ushlab olgansiz!? - desa, ofitsiant:
— Ikki martta yerga tushib ketdi. Uchinchi martta ham tushirib yubormay degandim... - dermish.
— Assalomu alaykum doktor. Sizga ko‘zimdan shikoyat qilib keldim! Oxirgi paytda judayam qiynalib ketdim. Oshxonaga kiraman deb, molxonaga kirib ketayapman. Uyimga kiraman deb, qo‘shnimnikiga kirib ketyapman. Yaxshilab davolamasangiz bo‘lmaydi!
— Sizni tezda davolamasa bo‘lmas ekan. Axir bu yer bank-ku...