Bir kuni afandi manti yegisi kelib, oshxonadan manti xarid qilib, endi yemoqchi bo‘lib tishlagan ekan, issiq manti lablarini kuydiribdi. Mantini olib devorga otibdi va so‘ka boshlabdi:
— La’nati, labimni kuydirding, - debdi. Manti tugilgan joyidan ochilib ketibdi. Afandi darg‘azab bo‘lib:
— Labimni kuydirib, yana kuladi bu! - desa, mantini yog‘i oqibdi. Afandi:
— So‘ksam yig‘laydi yana, - dermish.

10

Boshqa latifalar

Afandi bir poshshoga baliq sovg‘a qildi. Poshsho bu sovg‘a uchun Afandiga xazinadan bir tilla in’om qildi. Afandi chiqib ketishi bilan vazir poshshoga dedi:
— Har kim baliq ko‘tarib kelsa bir tilladan beraversangiz xazina bo‘shab qoladi-ku?
— Darvoke, aytganingiz to‘g‘ri. Nima qilish kerak?
— Darhol Afandini qaytarib kelishni buyuring,— dedi vazir.
Poshsho Afandining ketidan odam yubordi-da, vazirga dedi:
— Tillani qaytarib ber desak kanday bo‘lar ekan?
— Buning iloji oson,— dedi vazir,— Afandidan balig‘ing erkakmi, urg‘ochimi deb so‘raysiz, urg‘ochi desa, «Menga erkak baliq kerak» deysiz, erkak desa, «Menga urg‘ochi baliq kerak» deysizu tillani qaytarib olasiz.
Afandi keldi. Poshsho undan so‘radi:
— Balig‘ing erkakmi urg‘ochimi?
Afandi poshshoning niyatini payqab:
— Balig‘im xunasa edi,— deb javob berdi.
Poshsho uning ziyrakligiga qoyil qolib, yana bir tilla in’om qildi.
890
Kunlardan birida hokim yo‘lda ketayotgan ekan, ko‘chada eshak yetaklab ketayotgan Afandini ko‘rib, shofyorga:
— Otaxonni yonida to‘xtat, bir bopli - debdi.
Hokim Afandiga qarab:
— Ha, Afandi, eshakni o‘qishga olib ketvosizmi? - deb shofyor bilan qotib kulishibdi.
Gapga javoban Afandi:
— Ha, o‘qishga olib ketvoman. O‘qisa hokim bo‘ladi, o‘qimasa shofyor - debdi
668
ENG MAShHUR YoLG‘ONLAR.
— Seni laylaklar olib kelgan...
— Seni o‘ylab tuni bilan uxlay olmadim...
— Ayollarni xunugi bo‘lmaydi...
— Hamma bir kishi uchun, bir kishi hamma uchun...
— Xuddi siz uchun tayorlangandek sizga juda yarashdi...
— Men uchun eng muhimi qalb go‘zalligi, yuz go‘zalligi emas...
— O‘tirsangiz, osh pishayotgan edi...
— Bizni taklif qilishdi, lekin biz bormadik...
— Orqasidan gapiryapman, shu yerda bo‘lsa yuziga ham aytaman...
— Oxirgisini sizga sotayapman, bundan boshqa qolmadi...
653
Afandi bir kuni eshak minib ketayotsa, chorrahada DAN xodimi ko‘rib Afandini to‘xtatibdi, shunda Afandi tormoz ishlamaydi, deb o‘tib ketibdi.
482