Praktikant talaba tug‘ruqxonada bir ayolni tug‘ishiga yordam beryapti. Professor uni kuzatib turibdi...
Hammasi ko‘ngildagidek o‘tdi. Talaba o‘zida yo‘q hursand. Professorga faxr bilan:
— Menimcha, hammasini to‘g‘ri bajardim.
Professor:
— Yashirmayman, rostdan ham hammasi to‘g‘ri bo‘ldi. Lekin oxirida chaqaloqni orqasiga, urish kerak edi, chaqaloqni..

125

Boshqa latifalar

Bir injener ishsizlikdan nima qilishini bilmay, tavakkal bir kasalxona ochibdi. Kasalxona eshigi oldiga "Biz sizlarni benuqson davolaymiz. Agar davolay olmasak 50000 pulingizni 100000 qilib qaytaramiz", - deb yozib qo‘yibdi.
Yo‘ldan o‘tib ketayotgan bir vrach, - bularni bir boplab, 100000 pulini olib chiqib ketaman, - deb binoga kiribdi. Injener uni kutib olib, shikoyatini so‘rabdi.
— Men ta’mni bilmayapman. Nima yesam hammasi bir xil.
— Hamshira, shishadagi suyuqlikni ichiring.
— Iye, bu benzinku!
— Tabriklayman, ta’m bilishingiz tiklandi. Sizdan 50000.
Vrach jahl bilan pulni to‘lab chiqib ketibdi. Ikki kundan keyin yana kelibdi:
— Endi men hid sezmayapman.
— Hamshira shishadagi suyuq dorini bu kishiga ichiring.
— Bu yana benzinku...
— Ana, hid bilish qobiliyatingiz ham tiklandi. 50 000 to‘lab ketasiz. Vrach pulni to‘lab, yana jahl bilan chiqib ketibdi. Oradan 3 kun o‘tib, bu safar aniq boplayman degan maqsadda kelib debdi:
— Endi men hech narsani ko‘rmayapman.
— Kechirasiz, biz buni davolay olmaymiz. Mana sizga 100000 pul.
— Iye, bu yerda 50000 ku!
— Tabriklayman, ko‘rish qobiliyatingiz tiklandi. Sizdan 50000.
338
Shogird ustozidan so‘rabdi:
— Ustoz bizning futbolchilar hujumda yaxshi o‘ynaydimi yo himoyada?
Ustoz javob berib:
— Eh bo‘tam bizning futbolchilar to‘yda zo‘r o‘ynaydi, to‘yda debdi ustoz.
310
Maktabda ona-tili darsida o‘qituvchi:
— Xo‘sh Bozorov, siz turingchi. Sizga savol: "Men sizga yangi kostyum-shim sovg‘a qildim" bu qanday gap?
— Domlajon, shuyam qiyinmi? Bu bo‘lmagan gap, - dermish.
246
Maktabga yangi o‘qituvchi kelibdi. O‘quvchilar uning atrofini o‘rab olib, o‘z maktablari, sinflari haqida beto‘xtov gapira ketishibdi. Sinfdoshlar orqa partada o‘tirgan o‘quvchini ko‘rsatib, o‘qituvchiga tanishtirishibdi:
— Manavi Boltavoy-tentak bo‘ladi.
Mana unga 500 so‘mlik va 1000 so‘mlik pulni bersangiz u doim rangi qizil bo‘lgani uchun 500 so‘mlikni oladi.
Bolalar Boltavoyni chaqirib, o‘qituvchiga namoyish qilish uchun 500 so‘mlik va 1000 so‘mlik pul uzatishibdi. Boltavoy haqiqatdan ham 500 so‘mlikni tanlabdi. Darslar tugagach, o‘qituvchi Boltavoyni kabinetiga chaqiribdi va debdi
— Boltavoy, qarasam — matematikani unchalik yaxshi bilmaydiganga o‘xshaysan. 1000 so‘m 500 so‘mdan ikki barobar ko‘pligini nahotki bilmasang?!
— Albatta bilaman!
— Unda nega 500 so‘mlikni tanlaysan?
— Muallim, agar men 1000 so‘mlikni tanlasam, keyingi safar bolalar menga pul bermay qo‘yishadi-da!
268