O‘g‘il kechki payt mast kelib, uyga kirsa, stolni ustida qovun turgan ekan. "Bir oz yeb yotay, bo‘lmasam uydagilar ichib kech kelganimni bilib qolishadi", - deb qovunni yeb uxlabdi.
Ertalab oyisi:
— Ey, uyati yo‘q, tur! Kechqurun uyga ichib kebsan-a?
— Yo‘q, oyi.. Men ichganim yo‘q, nimalar deyapsiz?
— Ichganim yo‘q? Tunda oshqovoqni yarmini yeb qo‘yibsanku, - dermish.
Sher o‘rmondagi hamma hayvonlarni yig‘ib, latifa ayttiribdi.
— Kimni latifasi kulgili chiqmasa, o‘shani yeyman, - debdi sher.
Birinchi bo‘lib quyon latifa aytibdi. Hamma hayvonlar kulibdi. Faqat jirafa kulmabdi. Sher quyonni yeb bo‘lgach, bo‘ri latifa aytibdi. Jirafa rossa kulibdi.
— Nega kulyapsan? - deyishsa, jirafa:
— Quyonni latifasi kulgili ekan, - dermish.
Alkash odam do‘konga kirib sotuvchiga:
— Bir tomchi aroq qancha turadi? - desa, sotuvchi:
— Hechqancha, - debdi.
Alkash unga:
— Bir stakan aroq tomchilatib bering! - dermish.
Bir mast odam eski chiroq topib olibdi. Ishqalasa, ichidan jin chiqib:
— Tila tilagingni! Uchta tilagingni bajaraman, - debdi.
Mast odam unga:
—Kel yuzta-yuzta olaylik!
— O‘ylab ko‘r. Bu birinchi tilaging hisobidan ketadi.
— Mayli. Qani oldik.
— Endi ikkinchi tilagingni ayt!
— Yana yuz-yuz quy!
— Hoy inson, yaxshiroq narsa so‘rasang-chi?
— Ey, quy degandan keyin, quyda! Qani oldik.
— Balki uchinchi tilagingga biror nima so‘rarsan!
— Yana yuzta-yuzta olaylik!
— Sen aqldan ozibsan! Bu oxirgi tilaging.
— Mayli, roziman, - deb ichib yuborishibdi.
Jin chiroqqa qaytib kirib ketibdi-yu, besh daqiqadan keyin qaytib chiqib kelib:
— Mayli, to‘rtinchi tilagingni ham tila! Men roziman!, - dermish.