Sudya jabrlanuvchiga:
— Vrachni nimada ayblayapsiz?
— Kvartiramni o‘g‘irlashda yordam bergani uchun.
— Qanaqasiga?
— U menga kechalari uyqu dori ichib, derazani ochib uxlashni maslahat beruvdi.

130

Boshqa latifalar

O‘lim jazosiga hukm qilingan yevreydan so‘rashibdi:
— So‘nggi so‘zingni aytishing mumkin!
— O‘limim oldidan so‘nggi martta qulupnay yemoqchiman.
— Axir qulupnay bahorda pishadi.
— Mayli, men kutib turaman...
404
Sher o‘rmondagi hamma hayvonlarni yig‘ib, latifa ayttiribdi.
— Kimni latifasi kulgili chiqmasa, o‘shani yeyman, - debdi sher.
Birinchi bo‘lib quyon latifa aytibdi. Hamma hayvonlar kulibdi. Faqat jirafa kulmabdi. Sher quyonni yeb bo‘lgach, bo‘ri latifa aytibdi. Jirafa rossa kulibdi.
— Nega kulyapsan? - deyishsa, jirafa:
— Quyonni latifasi kulgili ekan, - dermish.
303
Ikkita piyonista ichib olib, ketayotsa oldidan ko‘zgu chiqib qolibdi. Ko‘zguda o‘zini aksini ko‘rib biri ikkinchisiga, “Do‘stim shu ketishda ichaversak, 10 yildan keyin ko‘rinishimiz shu ahvolda kelib qoladi-yov”, - dermish.
167
Bir kuni afandi uyida o‘tirsa, yonidagi xonadan shovqin eshitilibdi. Afandi miltig‘ini olib xonaga kirsa, burchakda qop-qora narsa turganmish. Miltiq bilan "paq" etib otibdi. Qarasa, o‘zini choponi devordagi mixda ilinib turgan ekan.
Shunda afandi "E hayriyat-yey, yaxshiyam ichida o‘zim yo‘q ekanman", - debdi.
123