Mashina bozorida bittasi mashina sotayapti.
Haridor:
— Oka qancha bo‘lyapti mashina?
Sotuvchi:
— 12 ta limon.
Haridor:
— Bo‘ldimi oka, gapizga javob berasizmi?
Sotuvchi:
— Javob beraman.
Haridor borib mashinani ustiga setkada turgan 2kg limondan 12tasini sanab taxlab qo‘yib:
— Mana oka 12ta limon. Endi mashina maniki, — debdi.
— Gap yo‘q, man erkakman, gapimda turaman, mana kalit.
— E, gap yo‘q oka bitta choyxona mandan.
— Gapingda turasanmi?
— E, oka uyaltirvos man bitta gapiraman.
— Bo‘ldi san tayyorgarligini ko‘raver. Man choyxonani qayerga qurishingni aytaman

128

Boshqa latifalar

To‘rt yahudiy va to‘rt o‘zbek Toshkentdan Moskvaga borish uchun poyezdga o‘tirishibdi. To‘rttala yahudiy har bittasi bittadan bilet olishibdi, o‘zbeklar bo‘lsa to‘rtalasi bitta bilet olibdi. Yahudiylar hayron bo‘lib, "bular nima qilar ekan, - deb kuzatib tursa.
Provodnik biletlarni tekshirishni boshlaganda, to‘rttala o‘zbek bitta tualetga kirib olibdi. Provodnik tualetda bitta odam bor, deb tualet eshigini taqillatib bilet so‘rabdi. Eshik qiya ochilib, bitta biletni ko‘rsatishibdi, provodnik o‘tib ketibdi.
Yahudiylar qoyil qolibdi va Moskvadan qaytishda, ular ham to‘rttasi bitta bilet olibdi, O‘zbeklar bo‘lsa birorta ham bilet olmabdi. Provodnik tekshirishni boshlabdi. Yaxudiylar yugurib tualetga kirib olibdi. Shu payt eshik taqillabdi. Yahudiylar biletni tashqariga uzatishibdi. O‘zbeklar biletni olib narigi tualetga yugurishibdi.

4764
Ikki GAI xodimi yo‘lda zerikib turishgan ekan. Bir aravakash boboy ko‘rinib qolibdi.
GAIshniklar hazillashmoqchi bo‘lib boboyni to‘xtatishibdi.
— Otaxon, hujjatlaringizni ko‘rib qo‘yaylikchi.
Shunda otaxon qamchisi bilan otni dumini ko‘tarib:
— Bardachokda edi, olaqol!!!
2804
5 yoshli bola podshoh, sultonlar haqida kitob o‘qib turib onasiga:
— Men ham katta bo‘lsam, 5ta xotinim bo‘ladi. Bittasi kirimni yuvadi, bittasi uy tozalaydi, yana biri ovqat qiladi, - desa
Onasi:
— San qaysi biri bilan uxlaysan? - debdi
— Man hech qaysi biri bilan uxlamayman, man oyijonim bilan uxlayman, - debdi.
Onasini ko‘zlari yoshlanib: "O‘zimni mehribonim, g‘amxo‘rim, - debdi,
— Unda 5ta xotining kim bilan uxlaydi? - desa
— Adam bilan uxlaydi hammasi, - debdi
Otasini ko‘zlari yoshlanib:
— O‘zimni mehribonim, - dermish
2432
Qadrli ayollar! Agar siz 6 mart kuni sovg‘a olsangiz demak siz u erkakning — xushtorisiz… Agar 7 martda sovg‘a olsangiz — siz uning xamkasbisiz… Agar 8 martda sovg‘a olsangiz — siz uning sevimli ayolisiz… Agar umuman sovg‘a olmasangiz — siz uning xotinisiz!!!
1846