— Xotinjon, iltimos menga qarab yot.
— Yo‘q, qaramayman, siz sarimsoq yegansiz!
— Sen esa yotishdan oldin, bir kosa noxat sho‘rva ichding, nafas ololmayapman.
Bir o‘zbek bilan tatar kafega kirishibdi. Tatar 3ta bulochkani hech kimga bildirmay cho‘ntagiga solib, o‘zbekka maqtanayatganmish:
— Qara, shipirish degani shunaqa bo‘ladi. O‘rgan, student! — desa
O‘zbek aytarmish:
— Shipirishni hozir senga o‘rgataman, — debdi.
O‘zbek sotuvchini oldiga borib:
— Xohlaysizmi, sizga fokus ko‘rsataman?
— Qani, ko‘riluchi?
— 3 ta bulochka bering!
— Mana!
O‘zbek 3 ta bulochkani sotuvchini oldida paqqos tushirib, og‘zini artayotsa, sotuvchi g‘azablanib:
— Bulochkani yo‘q qildingku, nomard! Shumi fokusing? — desa
— Bulochkangiz joyida, ana anu tatarni cho‘ntagini qarang, — dermish
Kafeda ofitsiant mijozga buyurtma qilingan tovuqni qo‘lida ushlab olib kelayotganini ko‘rib jahl bilan:
— Nega ovqatni qo‘lingiz bilan ushlab olgansiz!? - desa, ofitsiant:
— Ikki martta yerga tushib ketdi. Uchinchi martta ham tushirib yubormay degandim... - dermish.
Bo‘lg‘usi rafiqasi bilan uchrashuvga otlangan yigitga xolasi aql o‘rgatyapti:
— Sen qizga albatta 3 ta savol berishing kerak. Birinchi savol ro‘zg‘orga oid bo‘lishi shart. Ikkinchisi oila, uchinchisi esa falsafiy bo‘lsin, tushundimi jiyan, bo‘sh kelma!
Kuyov uchrashuvga borganida xolasini aytganlariga amal qilib so‘radi:
— Kechirasiz, siz makaronni yaxshi ko‘rasizmi?
— Yo‘q.
— Ukangiz-chi, u makaronni yaxshi ko‘radimi?
— Meni ukam yo‘q.
— Nima deb o‘ylesiz, agarda ukangiz bo‘lganida makaronni yaxshi ko‘rgan bo‘larmidi?!