Sher o‘rmondagi hamma hayvonlarni yig‘ib, latifa ayttiribdi.
— Kimni latifasi kulgili chiqmasa, o‘shani yeyman, - debdi sher.
Birinchi bo‘lib quyon latifa aytibdi. Hamma hayvonlar kulibdi. Faqat jirafa kulmabdi. Sher quyonni yeb bo‘lgach, bo‘ri latifa aytibdi. Jirafa rossa kulibdi.
— Nega kulyapsan? - deyishsa, jirafa:
— Quyonni latifasi kulgili ekan, - dermish.
Bir injener ishsizlikdan nima qilishini bilmay, tavakkal bir kasalxona ochibdi. Kasalxona eshigi oldiga "Biz sizlarni benuqson davolaymiz. Agar davolay olmasak 50000 pulingizni 100000 qilib qaytaramiz", - deb yozib qo‘yibdi.
Yo‘ldan o‘tib ketayotgan bir vrach, - bularni bir boplab, 100000 pulini olib chiqib ketaman, - deb binoga kiribdi. Injener uni kutib olib, shikoyatini so‘rabdi.
— Men ta’mni bilmayapman. Nima yesam hammasi bir xil.
— Hamshira, shishadagi suyuqlikni ichiring.
— Iye, bu benzinku!
— Tabriklayman, ta’m bilishingiz tiklandi. Sizdan 50000.
Vrach jahl bilan pulni to‘lab chiqib ketibdi. Ikki kundan keyin yana kelibdi:
— Endi men hid sezmayapman.
— Hamshira shishadagi suyuq dorini bu kishiga ichiring.
— Bu yana benzinku...
— Ana, hid bilish qobiliyatingiz ham tiklandi. 50 000 to‘lab ketasiz. Vrach pulni to‘lab, yana jahl bilan chiqib ketibdi. Oradan 3 kun o‘tib, bu safar aniq boplayman degan maqsadda kelib debdi:
— Endi men hech narsani ko‘rmayapman.
— Kechirasiz, biz buni davolay olmaymiz. Mana sizga 100000 pul.
— Iye, bu yerda 50000 ku!
— Tabriklayman, ko‘rish qobiliyatingiz tiklandi. Sizdan 50000.
Bitta jinni qo‘liga bolta olib shifokorni quvib ketibdi. Keyin jinnixonani oxirgi qavatiga yetganlarida umuman qochadigan joy qolmabdi.
Shifokor qo‘rqib ketib, "Endi meni o‘ldiradi" deb o‘ylab turganida, jinni boltani shifokorga berib "Endi sen meni quv", dermish.
Ikkita piyonista ichib olib, ketayotsa oldidan ko‘zgu chiqib qolibdi. Ko‘zguda o‘zini aksini ko‘rib biri ikkinchisiga, “Do‘stim shu ketishda ichaversak, 10 yildan keyin ko‘rinishimiz shu ahvolda kelib qoladi-yov”, - dermish.