Ovqatlanish haqida latifalar

Er-xotin ovqatlanib o‘tirishsa, xotin chapillab ovqat yebdi.
Shu payt eri bir turtib debdi:
— Chapillatmasdan yegin!
Birozdan keyin yana bir turtibdi:
— Yana nimaga turtasiz? - debdi xotini.
— Chapillatganing esimga tushib ketdi, - dermish eri.
22
Talaba kafega kirib o‘tirsa, stolga qo‘yilgan tuz va murchga ko‘zi tushibdi. Ofitsiantni chaqirib:
— Nimaga stolga tuz qo‘ygansizlar? – deb so‘rasa, ofitsiant:
— Agar yeyayotgan ovqatingizni tuzi kam bo‘lsa solish uchun, - debdi.
Talaba bo‘lsa:
— Unda nega ovqat qo‘ymagansizlar? – degan ekan.
12
Ayol bo‘lish osonroq. Ozgina jahl qilsang, aytgan narsang muhayyo bo‘ladi.
Erkaklarga qiyin. Jahl qilsa, yeb turgan issiq ovqatdan ham mahrum bo‘ladi.
24
7 martta ovqatlanib, 11 martta uxlab tursam haliyam karantinda ekanman.
24
Armanistonga yahudiy oilasi ko‘chib kelibdi.
— Xotin, qo‘shnilardan 2 dona tuxum olib tur, - debdi yahudiy.
Yahudiy xotin qo‘shniga chiqib 2 ta tuxum so‘rasa, qo‘shnisi tuxumlarni tarozida tortib berayotganmish.
— Nega tuxumlarni tarozida o‘lchayapsiz? - desa, qo‘shnisi:
— Qaytarib berayotganingizda ham o‘lcham olaman-da, - debdi.
Yahudiy xotin uyiga chiqib eriga:
— Ketdik bu yerdan! Tuxumlarni tarozida o‘lchab beradigan joyda bizga non yo‘q, - debdi.
13
Xotini ishdan kelsa, eri oshxonadan chiqib kelayotganmish:
— Onasi senga syurprizim bor! - debdi.
Xotini oshxonaga kirsa ovqatlar tayyor. Dasturxonlar bezatilgan ekan.
— Rahmat adasi. Bugun oilaviy dasturxon bezatib birga ovqatlanar ekanmiz-da, - deb xotini orqasiga o‘girilsa, eri qo‘lida bir shisha aroq bilan sekin ko‘chaga chiqib ketayotganmish.
11
— Oyijon, ovqatimni hammasini yeb bo‘ldim!
— Shuning uchun ham bizdan alohida yashagin deyapmiz-da o‘g‘lim!
18
Oshxonada:
— Nima ovqatlar bor?
— Faqat tok osh bor.
— Axir bu 2 ta ovqat-ku!
— Endi bitta. Bizga qozon kerak bo‘lib qoldi.
30
Do‘konga bir yigit kirib 5 kg go‘sht, 5 kg guruch, yog‘, kolbasa, qizil ikra va yana bir talay tansiq masalliqlarni sotib olsa, do‘konchi bola "Endi meni ham olib ketinglar" debdi.
38
Yigit bilan qiz restoranga kirishibdi. Yigit yengilroq salatlardan buyurtma beribdi.
Qiz tez-tez menyuga qarab qo‘yarmish.
Vanihoyat yigit:
— Biror issiqroq narsa buyurtma qilamizmi? - desa, qiz xursand bo‘lib:
— Ha, - debdi.
Shunda yigit ofitsiantni chaqirib:
— Bizga 2 ta qaynoq choy! - degan ekan.
25