Qaynonaning xasrati: Uyga Wi-Fi o‘rnatganimizdan buyon kelinim ovqatlarni tayyorlashni internetdan bemalol ko‘rib olyapti.Faqat endi pishirishga vaqti bo‘lmayapti. Qo‘shni ayollar "Wi-Fi ni o‘chirib qo‘ying" deyishyapti. Tushunolmadim...?!
Bir erkak yangi yilkirib kelayotganda “Xotinim kamroq gapiradigan, qaynonam biznikiga mehmonga kelmaydigan bo‘lib qolsin” deb niyat qilibdi. Shundan buyon uni xotini eriga indamasdan onasini ko‘rgani uyiga borib-keladigan bo‘lib qolgan ekan.