Qaynona har uchta kuyovini sinamoqchi bo‘libdi. Birinchi kuyovi darvozadan kirib kelishi bilan, o‘zini hovlidagi hovuzga tashlabdi. Katta kuyov darhol qutqarib olibdi. Ertasiga katta kuyovni darvozasi oldida yangi Neksiya mashinasi, uni ustida "Sevimli kuyovimga qaynonasidan" degan yozuv turgan emish.
Ertasiga qaynona o‘rtancha kuyovini ham huddi shunday sinabdi. O‘rtancha kuyovi tongda tashqariga chiqsa, darvozasi oldida yangi Matiz mashinasi, uni ustida "Sevimli kuyovimga qaynonasidan" degan yozuv turgan emish.
uchinchi kuni qaynona kenja kuyovini sinash uchun o‘zini suvga tashlabdi. Kenja kuyov ichida o‘ylabdi:
— Katta bojamga Neksiya, ikkinchi bojamga matiz tegdi. Menga eski Tiko yoki shalog‘i chiqqan Jiguli tegsa kerak, - debdi-da, qaynonasini qutqarmabdi.
Ertasi kuni ertalab ko‘chaga chiqsa, darvozasi oldida yangi Kaptiva turgan emish. Ustida "Sevimli kuyovimga qaynotasidan" degan yozuv turganmish.