Ayollar haqida latifalar
— Ha...! Juda yomon bo‘pti. Yer yuzida bittagina qiz bor edi-ya... Lekin endi aqling ishlay boshlaydi!
— Nega yer yuzida bitatgina qiz bo‘lar ekan?! 4 milliard qiz bor-ku!
— Ana ko‘rdingmi?! Aqling ishlay boshladi.
— Borib o‘zing olib kela olmaysanmi?!
— Oyi, suv deyapman!
— Hozir kaltak yeysan! Turgin-da, o‘zing olib kelib ich!
— Oyijon, kaltakka borganingizda suv ham ola keling...
— Mana sizlar, maoshingizdan qanchasini xotinga berasizlar?
Birinchi erkak debdi:
— Men atrofimga 2 metrlik aylana chizamanda, pullarimni tyepaga otaman. Aylanani ichiga tushgani meniki, tashqariga tushgan pullar xotinimga bo‘ladi.
Ikkinchi erkak debdi:
— Men atrofimga 3 metrlik aylana chizaman. Pullarimni tepaga otaman. Aylanani ichiga sochilib tushganini xotinim terib oladi, tashqariga tushgan pullarni esa men olaman.
Uchinchi erkak kulib:
— Men hech narsa chizib o‘tirmayman! Pullarni shundoq havoga otaman. Xotinim havoda nechtasini ushlab ulgursa o‘shani oladi. Yerga tushgani hammasi o‘zimniki! - degan ekan.
— Nima sababdan ajrashmoqchisizlar? – so‘rabdi sudya.
— Sababi oddiy. Kelin turmushga tayyor emas ekan, - debdi kuyov.
— Qanaqasiga tayyor emas ekan? – so‘rabdi yana sudya.
Kuyov debdi:
— Hammomga kirsam, u orqamdan kirib janjal qiladi-da, suvdagi hamma kemalarimni cho‘ktirib yuboradi.
— Bitta shapaloq solmadizmi shu gapiga?!
— Kechirasiz, siz aniq psixologmisiz?
Manyak hujum qilgan qiz shoshganidan, uning yuziga sumkasidagi gaz ballonchasi o‘rniga "Сhanel no 5" atiridan sepib yubordi. Jahl bilan "Ablah! 150 dollar turadi-ya, bu atir!" deb manyakni sumkachasi bilan urib, do‘pposlab, chalajon qilib qo‘ydi...
"Hozir qayerdadir man tanimagan bo‘lajak erim qaysidir qizga hayrli tun tilab sms yozayotgandir. Xa-xa, u o‘ylayaptiki o‘sha qiz uning kelajagi, xotini bo‘ladi deb. Chuchvarani hom sanabsiz azizim! Sizni katta syurpriz kutyapti!"
— Sen qanday mavzudagi kitoblarni o‘qishni yoqtirasan?
— Har xil mavzudagilarini. Ammo, qahramonlari ko‘p bo‘lgan kitoblarni o‘qishni yoqtirmayman!
— Nega?
— Qahramonlar ko‘p bo‘lsa, chalg‘ib ketaman.
— Unday bo‘lsa dugonajon, sen faqat “Robinzon Kruzo”ni o‘qishing kerak ekan!