Bolalar haqida latifalar

Jinnixonada bir yigit chiroyli kelishgan doim o‘ychan o‘tirardi. Undan nega jinni bo‘lib qolgansiz dedim. To‘g‘risi bergan savolimdan o‘zim ham qo‘rqib ketdim, lekin u bosiqlik bilan gap boshladi:
— Men ancha yil oldin. 20 yoshimda 39 yoshli ayolga uylandim. Xotinimni 20 yoshli qizi bor edi. Qizini eri yo‘q edi. Meni dadam 43 yoshda bo‘lib xotinimni qiziga uylandi. Ya’ni dadam meni xotinimga kuyov bo‘ldi. Boshqa tarafdan xotinimni qizi menga o‘gay ona bo‘ldi va bir o‘g‘il tug‘di. Menga uka, xotinimga nevara bo‘ldi. Bir tarafdan menga ham nevara bo‘ldi. Natijada men ukamni bobosi bo‘ldim. Yillar o‘tib xotinim ham o‘g‘il tug‘di. Dadamni xotini uchun uka, meni o‘g‘limga buvi. Yoki meni o‘g‘lim buvisiga uka bo‘ldi. Yana bir tarafdan xotinimni qizi. Meni o‘gay onam ug‘limga opa bo‘ldi. Hammadan daxshati shuki, men o‘g‘limga jiyan bo‘ldim. Ayting men jinni bo‘lmay kim jinni bo‘lsin!?
Xotin eriga:
— Dadasi biz yaqinda bittaga ko‘payamiz, - desa eri xursand bo‘lib ketibdi.
— Rostanmi? Juda zo‘r bo‘pti-ku! O‘g‘il ekanmi yoki qizmi? – desa, xotini:
— Onam biznikiga ko‘chib kelyaptilar, - dermish.
— Bir odam o‘limi oldidan bor-yo‘qg‘ini bolalar uyiga tashlab ketgan ekan.
— Yo‘g‘-ye... Nimalarni qoldiribdi u yerga?
— Beshta bolasini!
O‘qituvchi:
— Demak, bugun fe’lni o‘tamiz. Alisher ayt-chi, agar sen qo‘shiq kuylasang nima bo‘ladi?
Alisher:
— Men kuylayapman bo‘ladi.
O‘qituvchi:
— Agar kichkina singling kuylasa-chi?
Alisher:
— Ovozingni o‘chir bo‘ladi.
Bir odamni xotini eriga debdi:
— Adasi ozmoqchiman! Belimga obrach olib kelib bering...
Eri “Xo‘p” deb, ertasiga obrach olib kelib bersa, xotinini beliga shundoq loyiq kelibdi. Xotini “Voy! Nega bunaqasini olib kelasiz?!” deb ming‘irlasa, eri xursand bo‘lib:
— Ana xotin ko‘rdingmi? Seni razmeringni topibman! Lop-loyiq keldi-ya... Ko‘ylak olib bermasam ham o‘lchamlaringni yaxshi bilaman, – dermish.
Bolakay:
— Oyijon, menga 1000 so‘m bering.
Ona:
— Nima qilasan?
Bolakay:
— Qari amakiga beraman.
Ona:
— Qayerda ekan u amaki?
Bolakay:
— Hov ana, muzqaymoq sotyaptilar.
Bir bola yo‘lda ketayotgan ekan, behosdan quduqqa tushib ketibdi. U yerda 1 dan 5 gacha bo‘lgan sonlar yozilgan tugmachalar bor ekan. 1 ni bossa bolani ust-boshi yechilibdi. 2 ni bossa bolani yuvintirib qo‘yishibdi. 3 ni bosgan ekan quritib qo‘yishibdi. 4 ni ham bosgan ekan, yangi kiyimlar kiydirib qo‘yishibdi. Oxiri 5 ni bosib quduqdan sakrab chiqib qolibdi.
Yo‘lda davom etib ketayotgan bola do‘stini uchratib qolibdi. Bo‘lgan voqeani aytib bersa, do‘sti sal shoshqaloq ekan. Gaplarni oxirigacha eshitmay quduqqa yugurib kelib sakrabdi. 1-tugmani bossa uni ham kiyim-boshi yechilibdi. Keyin u darrov 5 ni bosibdi. Shunda tepaga uchib chiqib ketganini bilmay qolibdi.
Yosh bo‘lsa ham haqiqatni biladi.
— Bolakay, sen katta bo‘lsang kim bo‘lmoqchisan?
— Katta bo‘lsam, katta bo‘lsam-chi... Albatta butun dunyoni aylanib chiqaman. Hamma davlatlarni ko‘rib, sayyohat qilib yuraman. Ko‘p mashinalarim, millionlab muxlislarim bo‘ladi. Hech qanday ish qilmasam ham katta oylikni olaveraman-olaveraman...
Men katta bo‘lsam – futbolchi bo‘laman!!!
Ona bolasini koyib beribdi:
— Agar shunday to‘palonchi bo‘laversang, seni yaxshi bolaga almashtirib kelaman.
Bola bo‘lsa onasiga debdi:
— Aldamang! Qaysi ahmoq to‘palonchi bolani yaxshisiga almashtirishga rozi bo‘lar ekan?
Bir qizaloq ko‘zguning oldida ko‘zini yumib turganmish.
Onasi kelib:
— Nima qilib turibsan? – desa, qizi:
— Qanday uxlashimni tomosha qilyapman, - debdi.