Boshliqlar haqida latifalar

— Bizni rahbar juda aldoqchi, ammo adolatli.
— Qanaqasiga, axir uni aldoqchi deyapsan-ku?
— Ha, u hammani baravariga aldaydi.
Bir podshoh she’r yozib saroy ahliga o‘qib beribdi. Hamma maqtabdi. Faqat Afandi jim turganmish. Podshoh:
— Sen nima deysan?, - desa Afandi:
— Bunaqa rasvo she’rni eshitmaganman, - debdi.
Podshohni jahli chiqib, zindonga tashlabdi. Bir haftadan keyin Afandini shohni yoniga olib borishibti. Podsho yangi she’rni o‘qib berib, — Qalay chiqibdi?, - desa, Afandi indamasdan o‘girilib ketayotganmish.
Podshoh:
— Qayoqqa?, - desa, Afandi:
— Zindon qayerda edi, - dermish.
Hokimiyatga ushbu mazmunda shikoyat arizasi tushibdi:
"Meni kvartiramni ro‘parasida ayollar hammomi joylashgan. U yerdagi hamma narsalar menga ko‘rinib turadi. Bu mening ahloqim, etikamga ma’naviy va jismoniy ta’sir ko‘rsatyapti. Shuning uchun meni kvartiramni almashtirib berishingizni so‘rayman".
Bu masalani ko‘rib chiqish uchun kommissiya a’zolari uyga kelib, tekshira boshlabdi.
— Otaxon, nega yolg‘on gapirasiz? Axir hech narsa ko‘rinmayapti-ku!, - debdi tekshiruvchilar.
— Shunaqami? Sen shkafni ustiga chiqib qara-chi?, - debdi.
Kommissiya a’zolaridan biri shkafni ustiga chiqib qaray boshlabdi.
— Yo‘q. Baribir hech narsa ko‘rinmayapti!
— Sen chaproqqa surilgin. Yana..., yana-yam..., yana ozgina...
Shkaf ustidagi odam "gurs" etib yiqilibdi.
Boboy bo‘lsa:
— Ana ko‘rdingmi o‘g‘lim?! Har kuni shu ahvol.., - dermish.
O‘rmonda hamma hayvonlar gaplashib o‘tirsa, quyon kelib:
— Qani, bu yerda kim zo‘r?!, - debdi.
Hamma hayvonlar jim!
— Hamma ming so‘mdan chiqarsin!, - debdi quyon.
Ertasi kuni yana quyon kelib hammadan pul yig‘ib ketibdi.
Uchinchi kun hayvonlar bo‘riga:
— Men zo‘rman degin! Bu shalpang quloq nima qila olardi!, - deyishibdi.
Quyon kelib:
— Qani, bu yerda kim zo‘r?!, - desa, bo‘ri:
— Men!, - debdi. Shunda quyonni orqasidan sher chiqib:
— Zo‘ring besh ming, qolganlaring ming so‘mdan yig‘laring!, - dermish.
Bir kuni chumoli o‘rmondan o‘tib ketayotsa, sher filni do‘pposlayotgan ekan. Chumoli ham bir-ikki martta tepib, o‘tib ketibdi.
Ertasiga chumolini kayfiyati yo‘q yurgan ekan, hayvonlar:
— Nima bo‘ldi? - deyishsa, chumoli:
— Filni o‘limida meni ayblashyapti, - dermish.
Firma rahbari sekretariga:
— Bir haftaga komandirovkaga boramiz, uyingizga xabar bering, - debdi.
Sekretar eriga telefon kilib:
— Men bir haftaga komandirovkaga ketayapman, - debdi.
Er paytdan foydalanib o‘ynashiga telefon qilib:
— Bir hafta menikida turasan, xotinim yo‘q, - debdi.
O‘ynashi repititor ekan, o‘quvchisiga telefon qilib:
— Bir hafta o‘qitolmayman, bir oz dam olgin, - debdi.
O‘quvchi bobosiga telefon qilibdi:
— Bobojon meni bir hafta darsim yo‘q ekan, meni shahar aylantiring.
O‘quvchining bobosi haligi firma rahbari ekan, yo‘q deya olmabdida sekretariga:
— Komandirovka qoldirildi, - debdi.
Sekretar eriga telefon qilib:
— Komandirovka qoldirildi, - debdi.
Er o‘qituvchi o‘ynashiga telefon qilib:
— Endi iloji yo‘q, xotinim komandirovkaga bormaydigan bo‘ldi.
O‘qituvchi o‘quvchiga telefon qilib:
— Dars o‘tadigan bo‘ldik, - debdi.
O‘quvchi, bobosi firma rahbariga telefon qilib:
— Bobo shahar aylanish qoldirildi, boshqa safarga.
Firma rahbari sekretarga:
— Tayyorlaning komandirovkaga boramiz...
Boshliq kotibasi bilan poyezdda bir kupeda ketyapti. Erkak pastki joyda, kotiba esa yuqoridagi joyda. Tunda kotiba pastga qarab:
— Men sovuq qotyapman. Menga ko‘rpa uzatib yuborolmaysizmi?- deb nozlanibdi.
— Keling, bu tun bir-birimizni er-xotin deb tasavvur qilamiz,- debdi boshliq
Kotiba xursand bo‘lib:
— Bajonidil! - debdi
— Unday bo‘lsa ko‘rpani o‘zing ol! Qo‘ling sinmaganku axir! - deb o‘shqiribdi boshliq
Direktor yangi haydovchini ishga oldi. Birinchi ish kuni. Boshliq so‘roq qilyapti:
— Ismingiz nima?
— Familiyam Mahkamov.
— Men sizdan ismingizni so‘radim?
— Ismim Dadajon.
— Haydang Mahkamov.
Bir tashkilot xodimlari har kuni ertalabki 9:00 dan kechki 22:00 ga qadar ishlashardi.
Xodimlardan biri bo‘lsa 9:00 da ishga kelib, roppa-rosa 18:00 da ketardi.
Qolganlar hayron bo‘lib boshliqdan so‘rashibdi:
— Nega anavi xodim ham bizga o‘xshab soat 22:00 da emas, 18:00 da ishdan ketadi?
Boshliq:
— O‘rtoqlar, axir u xodimimiz mehnat ta’tilida!, - debdi.
Bir korxona rahbarini tug‘ilgan kuni bo‘layotgan ekan. Hamma qo‘l ostidagilar:
— Tabriklaymiz xo‘jayin! Uzoq umr, baxt-omad tilaymiz! Yana uzoq yillar bizga rahbarlik qiling!, - deyaverishibdi.
Bazm oxirida xo‘jayin duoga qo‘l ochib:
— Hamma menga ichida, qalbida nima niyatlar tilagan bo‘lsa, o‘ziga ham yo‘ldosh bo‘lsin!, - deb duo qilsa, mehmonlar duo qilmasmush ...