Boshqalar haqida latifalar

Bir odam sahroda chanqab, zo‘rg‘a ketayotsa, uzoqdan bayroq ko‘rinibdi. Xursand bo‘lib, qarasa bir savdogar, galstuk-bo‘yinboq sotib turganmish:
— Ey, oshna suv ber hozir o‘lib qolaman, - desa.
Savdogar:
— Menda suv yo‘q, galstuk olmaysanmi?, - dermish.
— Galstugingni boshimga uramanmi? Suv ber, iltimos.
— Menda suv yo‘q! Xohlasang, anavi tepalik orqasida akamning oshxonasi bor, - deb o‘sha yerga jo‘natibdi.
Haligi odam bir soat o‘tgach, qaytib kelib:
— Ey, iflos galstuging necha pul o‘zi? Akang galstukingsiz oshxonaga kiritmas ekan-ku...
Bir o‘g‘ri hilvat ko‘chada yurib ketayotsa, orqasidan kimdir "To‘xta!" debdi.
Orqasiga sekin o‘girilib qarasa azroil turgan ekan.
— Qo‘rqitvarding! Men militsiyamikin debman, - dermish o‘g‘ri.
Dorboz dordan o‘tayotib, aksirib yuboribdi. Pastdagilar “Sog‘ bo‘ling!” deyishibdi.
Lekin kech bo‘lgan edi...
Bir kuni tish pastasi bilan sovun hasratlashib qolishibdi:
— Meni odamlar og‘zilariga solib, tishlariga ishqalashadi... – debdi tish pastasi.
— Shukur qil, noshukur! – dermish sovun.
— Manavi dorilarni olib qo‘ying.
— Voy, achchiqligini. Qanday dori edi o‘zi?
— Suvarakka qarshi...!
Yarim kechasi qabrdan bir arvoh chiqib, yonidagi qabrga qarab:
— Og‘ayni, yur shahar aylanib kelamiz, - debdi. Yonida yotgan arvoh ham, - Mayli ketdik, - debdi-da, qabr toshini ko‘tarib olibdi.
Boyagi arvoh hayron bo‘lib:
— Buni nima qilasan?, - desa, sherigi:
— Ko‘chada militsiya pasportimni so‘rasa nimani ko‘rsataman, - dermish.
Bir odam hayotdan to‘yib, yashagisi kelmay o‘zini osishga qaror qilibdi. Daryo ustidan o‘tgan ko‘prikka arqon bog‘labdi. Arqonni bo‘ynidan o‘tkazib, o‘zini suvga tashlagan ekan, arqon uzilib ketibdi. U odam esa suzishni bilmas ekan. Bir amallab tipirchilab-tipirchilab qirg‘oqqa chiqib olibdi. Qirg‘oqda turib:
— Eh, xudoga shukur! O‘zimni osaman deb cho‘kib ketishimga sal qoldi-ya!, - dermish.
Bolgʻa bilan bolta bardan qochib chiqayotishsa, oldilaridan arra chiqib qolibdi.
— Nimadan qochyapsizlar? – debdi arra.
— Ichkarida svarka mast boʻlib, toʻpalon qilyapti, - dermush bolgʻa bilan bolta.
Bir irimchi kishi yo‘lda ketayotgan ekan, oldidan qora mushuk o‘tib qolibdi.
Shoshilib orqasiga yetti qadam yurgan ekan, mashina urib ketibdi.
Lotin alifbosida oʻqishni bilmaydigan bir yigit doʻkonga kelib soʻrabdi:
— Anavi Sosa sola qancha turadi?
Sotuvchi:
— U Sosa sola emas, Koka kola, - deb jahl bilan gapirsa, yigit:
— Uzr, bilmabman. Yonida turgan Gʻanta qancha? – dermish.