Doʻstlar haqida latifalar

— Allo, o‘rtoq, ketingdan ketvommiza, bir orqaga qarab qo‘ygin, Gelenvagenni ko‘rdingmi?
— Yo‘g‘eye?
— Ko‘rdingmi? Biza orqasidagi marshrutkadamiza.
Bir kishi yaqin do‘stidan so‘rabdi:
— Menga yuz ming berib tura olasanmi?
— Nimaga?
— Esdalikka!
Afandining bir oshnasi og‘zi latta bilan bog‘langan bir xumchani omonat topshirib:
— «Buning ichida voyvoyakning bolasi bor, og‘zini ocha ko‘rmang, uchib ketib qoladi» deb, tayinladi.
U ketgandan keyin, Afandi «voyvoyakning bolasi qanaqa bo‘lar ekan» deb, xumchani ochdi, qarasa: ichi to‘la asal.
Afandi bir tatib ko‘rishi bilanoq xumchaning yonidan ketmay qo‘ydi, uch kun qorni og‘ridi.
Besh-olti kundan keyin egasi kelib xumchani so‘radi. Afandi olib chiqdi. Egasi xumchani ko‘tarib ko‘rib:
— Afandi, men ketgandan keyin xumchani ochib, voy-voyakning bolasini uchirib yuboribsiz, shekilli,— dedi.
— To‘g‘ri,— dedi, Afandi,— uchib chiqib uyasini topolmay, qornimga kirgan ekan, uch kundan beri mening og‘zim bilan voyvoylaydi.
Bir qishloqning yo‘lida kattakon chuqur bor ekan. Shu yo‘ldan o‘tgan odamlar chuqurga tushib, jarohatlanisharkan.
Kunlarning birida uchta odam shu chuqurni yoniga kelib, tortishib qolishibdi:
— Bilasizlarmi? Shu chuqurni yoniga tez yordam mashinasini olib kelib qo‘yish kerak. Shunda, yiqilgan odamga yordam ko‘rsatish oson bo‘ladi, - debdi birinchisi.
— E, yo‘g‘-ye! Undan ko‘ra, shu yerga kasalxona qurish kerak. Yiqilgan odam darrov kasalxonaga boradi, - debdi ikkinchisi.
Shunda uchunchi odam o‘ylanib turib:
— Obbo, ikkalangni ham aqling yo‘q ekan. Yaxshisi, chuqurni ko‘mib, biror yaqin kasalxona oldidan chuqur kavlatish kerak, - degan ekan.
Bir kun ikki do‘st uchrashib qolishibdi.
— Do‘stim, nega ko‘zing ko‘kargan?
— E, ko‘rmaysanmi!? Sport bilan shug‘ullanay deb, tosh ko‘tarishga borgandim. Bir baquvvat sportchi tosh ko‘tarayotgan ekan... Shuni tamosha qilib turgandim...
— Sportchini qo‘lidagi tosh seni ustingga tushib ketdimi?
— Yo‘k!
— Unda nega ko‘zing ko‘kargan?
— Haligi sportchini ustidan kulib yuboribman...
Salom do‘stim! Bormisan, qancha bo‘pti seni uchratmaganimga?!
— Borman! Bir yil, uch oy, ikki hafta bo‘ldi mendan qochib yurganingga... Olgan qarzingni qachon qaytarasan, nomard?!
Bir kuni Furqat degan yigit do‘sti Rahmatga debdi:
— Kel, koreyslarga o‘xshab ismimizni oxiriga "li" qo‘yib chaqiramiz.
Rahmat:
— Bo‘lmaydi...
— Nega?
— Men Rahmatli bo‘lib qolaman, - degan ekan.
Bir yigit to‘yi kuni kechasi go‘shangaga kirmasdan hayol surib o‘tirsa, bir o‘rtog‘i:
— Iye, ha kuyov bola, nimaga hayol surib qolding? Axir besh yildan beri sevishib yurgan qizingga uylanding-ku. Nega bu yerda o‘tiribsan? - desa,
Kuyov bola:
— Shunaqaku-ya, endi tuni bilan telefonda kim bilan gaplashaman? - dermish.
— Eh, agar ko‘p pulim bo‘lganida, samolyot sotib olgan bo‘lardim.
— Samolyotni nima qilasan?
— Samolyot kerakmas, unga yetadigan pulim bo‘lishini xohlayman!
— Allo, o‘rtoq men uylanyapman!
— Kimga?
— Shuncha yildan beri kimni tanisam, o‘shanga-da...
— Tentak. Menga uylana olmaysan-ku axir!