Erkaklar haqida latifalar

Uyimni derazasidan tashqariga qarab tursam, ro‘paradagi uyni derazasidan bir ayol menga qo‘l silkitdi.
Men ham unga qo‘l silkitdim. U yana menga qarab shunday qildi.
Xotinim orqa tarafimda turgan ekan. "Nima qilyapsiz adasi?! U ayol deraza artyapti-ku!" deb qoldi.

Ovchini so‘roq qilayotgan tergovchi so‘rabdi:
— Nega jabrlanuvchiga qarata o‘q uzdingiz?
— Men uni buqa deb o‘ylabman.
— Odam ekanini qachon payqadingiz?
— Oyog‘iga o‘q tekkanda so‘kishni boshlaganida.
— Do‘stim, kecha kechqurun ichib kelganmiding?
— Sen qayerdan bilding?
— Telefoningni chirog‘ini yoqib olib, telefoningni qidirayotgan eding.
Haydovchini YPH xodimi to‘xtatibdi. Spirtli ichimlik hidini sezgan xodim:
— Hurmatli haydovchi, spirtli ichimlik iste’mol qilganmisiz? - debdi.
— Yo‘q, - debdi haydovchi.
Xodim yana:
— Sizni tekshiruvga olib boramiz...! - desa, haydovchi:
— Baliq yegandim, - debdi.
Xodim:
— Baliq yesangiz, spirt hidi keladimi? - deb so‘rabdi.
Haydovchi bo‘lsa:
— Baliq aroq ichgan ekan-da, - degan ekan.
— Haqiqiy yigitlar qanday qizlarni sevadi?
— Boshqa yigitni sevadigan qizlarni sevishadi.
— Nima uchun?
— O‘sha yigitdan qizni tortib olish "yigit kishining" ishi-da!

Qamoqda o‘tirgan erini ko‘rgani xotini kelibdi.
Eri:
— Nega shuncha vaqt meni ko‘rgani kelmading?
Xotini:
— Qamoqxona boshlig‘i bilan kelishdim.
Eri:
— Nimani kelishding?
Xotini:
— Agar u bilan birga bir martta tushlik qilsam, sizni qamoq muddatingizdan 6 oy ayirib tashlar ekan. Axir 25 yilga qamalgansiz-ku!
Eri:
— Xo‘sh?
Xotini:
— Nima xo‘sh!? Kettik uyga, siz ozodsiz!

— Ada, Dubayga dam olgani boraylik. Tinch okeanidagi oq ayiqlarni tamosha qilardik...
— Nima? Kundaligini olib kel-chi, geografiya fanidan baholaringni tamosha qilamiz!
Bemor erini kasalxonaga olib kelgan ayolga shifokor debdi:
— Eringizga tinchlik va xotirjamlik kerak! U kishiga asabiylashish mumkin emas. Mana bu tinchlantiruvchi dorilarni dorixonadan sotib oling!
Xotini debdi:
— Dorilarni erimga nechi mahal ichirishim kerak?
Shifokor debdi:
— Bu dorilarni siz ichasiz!
Maktabda ota-onalar majlisi boshlanibdi. Sinfning eng to‘palonchi o‘quvchisini otasiga o‘qituvchi debdi:
— Sizni o‘g‘lingiz maktabda har kuni o‘zini yomon tutadi.
Ota:
— Nima? Meni shunga chaqirdingizmi? O‘g‘lim uyda ham har kuni to‘palon qiladi. Sizni uyga chaqirtirmayapman-ku!?
Yigit qizga:
— Kecha uyingizga sovchi yuborsam, aniq javob aytmabsiz?!
Qiz:
— Axir yuborgan sovchilaringiz sizni qancha maosh olishingizni aniq aytishmadi-ku!?