Ishxona haqida latifalar
Ishxona to‘la o‘g‘ri va qallob. Ishdan bo‘shatay desa, hammasi tanish-bilishlari...!
Bir akaxonga mehr qo‘yib, doim yonida girdikapalak bo‘lsang-u, kutilmaganda o‘sha marazni egallab turgan lavozimidan bo‘shatib yuborishsa.
Shunaqa alam qiladi...
Bir idoraga telefon qo‘ng‘irog‘i bo‘libdi.⠀
— Allo, men sizlarga ishga joylashmoqchiman. Menga 10 mln. oylik to‘lasangiz!
— Nima? Tentakmisiz?
— Kechirasiz, bu majburiymi?
— Yosh va chiroylisini olmang! Iloji boricha xunuk, qari va semiz kotiba tanlang! - desa, eri:
— Bo‘pti! Dushanbadan o‘zing ishga chiqaver, - dermish.
— Maoshimni oshirishni so‘rasam, rosa kuldi-ku!
— Marhamat, mana supurgi. Ishni boshlashingiz mumkin.
— Nima? Axir men institutni tamomlaganman.
— Bering unda. Qanday supurishni ko‘rsatib beraman.
— Yoshingiz nechida?
— 17da.
— Oliy ma’lumotlimisiz?
— Ha. Mana diplom.
— Qanday qilib 17 yoshda oliy ma’lumotli bo‘ldingiz?
— Bu diplomni ko‘chadan topib oldim.
— Sizni ism, familiyangizga diplom yozilgan ekanmi?
— Yo‘q. Pasportimni diplomda yozilgan ism, familiyaga o‘zgartirib olganman.
1. Hujjatlaringiz o‘rganib chiqilyapti.
2. Suhbatga tayyorlanib turing. Chaqiramiz.
3. O‘zimiz siz bilan bog‘lanamiz.
Barakalla, bor-yo‘g‘i 2 ta xato. Juda yaxshi. Endi 2-so‘zni yozing.