Jinoyatchilar haqida latifalar

Vrach - kasal bo‘lsangiz xursand bo‘ladi.
Militsiya - jinoyatchi bo‘lsangiz,
Mashinangiz buzilsa, usta quvonadi.
Faqatgina o‘g‘ri sizga hamisha mo‘may daromad va xotirjam uxlashingizni tilaydi.
— Yoshim 14 da, yigitim esa yaqinda 21 ga to‘ladi. Nima sovg‘a qilsam ekan?...
— Jinoyat kodeksini!
Bir kuni bemor vrach qabuliga boribdi. Bemor xonadan chiqib ketayotsa, vrach “Sizdan 20 ming” debdi.
Bemor cho‘ntagidan telefonini chiqarib, kamerasini yoqibdi-da, — Nima dedingiz? – debdi.
Vrach:
— 20 mingga dori-darmonlar olasiz dedim, - dermish.
Firma direktori o‘zi sotadigan mol savdosi haqidagi e’longa ko‘zi tushibdi. Qarasa, narxi arzonrok ekan. Telefon qilishga qaror qilibdi.
Natijada, o‘z ombori qorovulining ovozini tanib qolibdi.
Qamoqxonada o‘tirgan bolaga onadan xat kelibdi:
— Bolam ogorodni chopish, kartoshka ekish kerak, endi man qarib qoldim, bir o‘zim qiynalvoman, debdi.
O‘g‘li xat yozib konvertni yuziga, "Onajon ogorodni chopmang sizniyam qamashadi, mangayam srok qo‘shishadi", deb yozib qo‘yibdi.
Bir haftadan keyin onadan xat kelibdi:
— Bolam sandan xat keganidan keyin, uyimizga 4ta militsiya keldi, butun ogorodni chopib tashashdi, debdi.
Bola onaga javob xati yo‘llabdi:
— Ona qo‘limdan kegani shu, kartoshkani o‘ziz amallab ekvolarsiz, dermish.
Bir kishi yarim kechasi qorong‘u ko‘chadan ketayotgan ekan, yo‘lidan bezorilar chiqib debdi:
— Qo‘lingdagi tilla soatni yech!
Haligi kishi:
— Voy dod! Yordam beringlar!!! - deb baqira boshlasa, yo‘lto‘sarlar:
— Iye, hali seni tilla tishing ham bormi?! - degan ekan.
Qotillikda ayblangan odamni sud qilishyapti. Sudya:
— Siz xotiningizni bolta bilan o‘ldirgansiz!
Sud zalidan ovoz keldi:
— «ABLAH!!!».
Sudya:
— Siz yana qaynonangizni ham bolta bilan o‘ldirgansiz.
Sud zalidan yana ovoz keldi:
— «IFLOS!!».
Sudya baqirgan odamga:
— Janob, bu kishining qabih jinoyatlari jahlingizni chiqarayotganini bilaman, lekin yana bir marta baqirsangiz, zaldan chiqazib yuboraman.
— Uzr, janob sudya, man bu kishining 22 yillik qo‘shnisiman. Bu ablahdan har doim bolta so‘rasam, boltam yo‘q derdi.
Folbin yoniga kelgan ayolga debdi:
— Sizni eringizni katta xavf kutmoqda!
Ayol bo‘lsa:
— Buni bilaman! Siz aytingchi, meni qamashmaydimi?!
Qari qassobning ikki o‘g‘li bor ekan. Qayerda urush-janjal, qayerda o‘g‘irlik, bezorilik bo‘lsa aka-ukalarni qo‘li bo‘lar ekan.
Har qancha urinsa ham, o‘g‘illarini tarbiya qilolmagan otasi qishloq qozisiga murojaat qilibdi. Qozi ularni chaqirib kelishni buyuribdi. Ota ikki o‘g‘lini olib qozi huzuriga kelibdi.
Qozi katta o‘g‘ilni chaqirib "Uyat qani?", - deb so‘rabdi. Aka jim turaveribdi. Qozi: "Senga uyat qayoqda deyabman", - debdi. Yana jim turaveribdi.
Jahli chiqqan imom "Hoy bola, uyat qani deyabman" deb baqiribdi.
Shunda aka-uka turib qochishibdi.
Ukasi:
— Aka nima bo‘ldi, nega qochdik? - deb so‘rasa.
Akasi:
— Uka, qoch, qozining uyatini kesib ketishibdi, bizdan ko‘ryapti, - degan ekan.
Oshpaz shifoxona oshxonasiga ishga kirayotgandi. Kadrlar bo‘limida undan so‘rashdi:
— Sudlanganmisiz?
— Yo‘q, hozircha qo‘lga tushmaganman!