Kaltafahmlar haqida latifalar

Ikkita cheksiz narsa bor: Biri fazo, ikkinchisi ahmoqlik. Shunday bo‘lsa ham fazoga shubham bor!
— Lapashang bilan ovsarni farqi nima?
— Lapashang "bir ishni qanday bajarsam ekan?" deb o‘ylaverib o‘yiga yetolmaydi.
Ovsar esa o‘zi qilib qo‘ygan ishni "bu ishni kim qildi ekan?" deb o‘yiga yetolmaydi.
Xotini hammomdan qo‘lida shampun ushlaganicha hovliqib yugurib chiqibdi.
— Adasi, endi tushundim nega semirib ketayotganimni! Mana yozib qo‘yibdi qarang! "Ingichka tolalarni ham baquvvatlashtiradi". Endi men idish yuvish geli bilan cho‘milaman. Unda bunday yozilgan ekan: "Har qanday yog‘larni parchalab, sizni butunlay tashvishdan ozod qiladi"...
Yigit bilan qiz kechqurun gaplashib o‘tirsa, bir payt qiz:
— Sovuqottim, - debdi
Yigit kostyumini kiydiribdi.
Qiz yana:
— Sovuqotvomman, - desa
Yigit:
— Shapkasiniyam kiydiribdi.
Qiz:
— Yo‘q, siz meni tushunmadingiz. Men oyijonimga sovuqottim desam, quchoqlab, isitib qo‘yardilar, - desa
Yigit:
— Voy, san g‘alati qiz ekansan-ku. Yarim kechasi oyingni qattan topib kelaman, - dermish
Bitta olifta yigit taksi to‘xtatib:
— Axlat tashiysizmi? – desa, taksichi:
— O‘tir, aytgan joyingga tashlab qo‘yaman, - dermish.
Ikki bo‘lajak injener suhbatidan:
— Barmoqlaringni urib olmaslik uchun bolg‘ani qanday ushlash kerakligini bilasanmi?
— Xo‘sh, xo‘sh?
— Ikki qo‘llab.
Qabriston qorovuli boshlig‘iga borib ishdan bo‘shatishini talab qildi.
— Meni ishdan bo‘shating, to‘ydim!
— Iye, nimaga?
— Qabrlarni har kuni oralab yuraman. Qayerga qaramay, "Bu yerda falonchi yotibdi", "Bu yerda pismadonchi yotibdi" degan yozuvga ko‘zim tushadi. Nima, birgina men ishlashim kerakmi bu yerda?
Jurnalist chekka bir qishloqda yashovchi odamdan intervyu olmoqda:
— Sizning qishlog‘ingizda qanday mashhur, taniqli shaxslar dunyoga kelgan?
— Yo‘q, bizni qishloqda faqat chaqaloqlar dunyoga kelishadi-ku!?
Bir chuvalchangni dumi uzilib yarmi tashqarida qolib ketibdi. Chuvalchang qaytib tashqariga chiqib, o‘zini dumini ko‘rib qolib debdi:
— Salom, tanishsak bo‘ladimi? Bu yerda nima qilib turibsiz?
Ertalab korxona direktori ishga kelib xonasiga kirsa, bir ishchisi boshiga issiq qalpoq kiyib olib stol ustidagi qog‘ozlarni titkilayotganmish.
— Sen bu yerda nima qilyapsan Xasanov??? – debdi.
Xasanov tikilib turib:
— Padaringga la’nat! Kiysang ko‘rinmaydigan bo‘lib qolasan deb yuz mingga sotgan edi, - deb boshidagi qalpoqni yechib yerga otgan ekan.