Oila haqida latifalar

Yigit:
— Menga turmushga chiqasizmi?
Qiz:
— Men turmushga chiqadigan yigit kuchli va ishbilarmon ham bo‘lishi kerak.
Yigit:
— Axir men seni bezorilardan qutqardim-ku!
Qiz:
— Albatta! Lekin ishbilarmon emassiz-ku?!
Yigit:
— Agar bilsang, o‘sha bezorilarni yuborgan ham men bo‘laman.
Ichki ishlar bo‘limiga kelgan erkak militsiya xodimiga murojat qildi:
— Tunda bizning uyga o‘g‘rilikka kirgan jinoyatchi bilan gaplashsam bo‘ladimi?
— Nimani gaplashasiz?
— Xotinimga bildirmay tunda qanday qilib uyimizga kirganini so‘rab olmoqchiman.
Akasi singlisiga debdi:
— Kosadagi murabboni yeb qo‘yganimni oyimga aytmagin!
Oyisi ishdan kelsa, singlisi debdi:
— Oyijon, akam murabboni yeb qo‘yganini sizga hech qachon aytmayman!
Ikkita kayfi oshib qolgan ulfatlar yarim tunda uyga qaytayotib biri debdi:
— Garov o‘ynaysanmi? Hozir meni xotinim eshikni “Jonim” degan so‘z bilan ochadi.
Ikkinchisi:
— Nimalar deyapsan? Sen o‘lgudek mastsan! Yarim tunda uyga qaytyapsan? Qanaqasiga xotining “Jonim” desin!?
— Hozir ko‘rasan! – debdi-da, eshik qo‘ng‘irog‘ini bosib debdi:
— Eshikni och jonim...
Xotini bo‘lsa:
— Jonim?! Hozir ta’ziringizni beraman! – deb eshikni ochgan ekan.
— Odiljon, sen kimning gapini ko‘proq eshitasan, adangnimi yoki oyingnimi?
— Oyimni.
— Nega?
— Oyim ko‘proq gapiradilar-da.
To‘y avjigan chiqqan. Hamma xursand. O‘yin-kulgi qizigan vaqt to‘yxonada o‘ynab yurgan bolakaylar bir-biriga:
— Kuyov bilan bir hazillashamizmi? Ketdik! – deb kelin-kuyovni oldiga borishibdi-da kuyovga:
— Ada, bizlar bilan ham rasmga tushing, - debdi.
Barcha qaynonalarga savol:
Agar keliningiz hamma narsasini yig‘ishtirib, uydan butunlay ketayotgan bo‘lsa yana 2 hafta sizga xizmat qilib berishi shartmi?
Bir odamni xotini eriga debdi:
— Adasi ozmoqchiman! Belimga obrach olib kelib bering...
Eri “Xo‘p” deb, ertasiga obrach olib kelib bersa, xotinini beliga shundoq loyiq kelibdi. Xotini “Voy! Nega bunaqasini olib kelasiz?!” deb ming‘irlasa, eri xursand bo‘lib:
— Ana xotin ko‘rdingmi? Seni razmeringni topibman! Lop-loyiq keldi-ya... Ko‘ylak olib bermasam ham o‘lchamlaringni yaxshi bilaman, – dermish.
Ayolingizga “Sen kimga ham keraksan?!” demang!
Hattoki, Shrekning xotiniga ham xaridorlar chiqqan...
Qiz bolani uyiga sovchilar kelib-ketibdi.
Onasi:
— Nimasi yoqmadi? Tuppa-tuzuk yigit-ku!
Qiz:
— Yoqmadi! Sariq-mashak! Sochini qarang, sap-sariq!
Qo‘shni xonada qizini gapini eshitib o‘tirgan adasi:
— Tegaver, zarari yo‘q! Sen bilan 1 yil yashasa, sochi oppoq bo‘ladi-ku!