Qariyalar haqida latifalar

Bir to‘yda yarim tungacha bazm bo‘libdi-yu oxiri o‘rtakash bir otaxonni o‘rtaga chaqirib:
— Otaxon duo qilib bering, - debdi.
Otaxon o‘rtakashni oldiga kelsa, o‘rtakash otaxonni qulog‘iga zamonaviy BLUETOOTH mikrofonni taqib gapiring, - debdi.
Otaxon o‘rtakashga qarab:
— Menga mikrofon ber, - desa.
O‘rtakash:
— Otaxon gapiravering hamma eshityapti, - debdi.
Otaxon jahli chiqib:
— Mikrofon ber-e, - desa.
O‘rtakash otaxonni qo‘liga bitta stakanni berib, mana mikrofon endi gapiring, - desa.
Otaxon gap boshlabdi:
— Mana bugun jiyanimiz Abdusattor... jiyanimiz Abdusattor, - debdi-yu.
Kelinni ismi esidan chiqib qolib, stakanni orqasiga yashirib, o‘rtakashga qarab:
— Anu alvastini ismi nimaydi, - dermish.
Bir fermer otaxonning oq va qora mollari borakan. U otaxondan jurnalistlar intervyu olgani kelishipti.
— Otaxon bu mollaringiz bir kunda qancha suv ichishadi?
— Oqimi qorasimi?
— Oqi?!
— 2 paqir suv ichadi kuniga...
— Qorasichi???
— Uyam...
— Otaxon bu mollariz kuniga qancha xashak yeydi?
— Oqimi qorasimi?
— Oqi?!
— 4 tog‘oradan xashak yeydi..
— Qorasichi?
— Uyam...
— Otaxon bu mollariz kuniga qancha sut beradi?
— Oqimi qorasimi?
— Oqi?!
— 15 litrdan sut beradi bolam...
— Qorasichi???
— Uyam...
— Ey, otaxon odamni ezvordingiz. Savol bersak, oqimi qorasimi deysiz, oqi desak, mana buncha deysiz qorasichi desak uyam deysiz. Bu nimasi?
— Ey bolam oqi uzimnikida.
— Ha tushunarli qorasichi, desa...
— Uyam.... dermish
O‘g‘li otasidan so‘rabdi:
— Ada siz oilamizda kimsiz?
— Men - Prezidentman.
— Oyim-chi?
— Oying - davlat.
— Buvimlachi?
— Buving - prokuratura.
— Ukam bilan men-chi?
— Sizlar - xalqsizlar.
Ota komandirovkaga ketibdi. 1 haftadan so‘ng o‘g‘il otasiga SMS yozibdi:
"Ada tez keling! Davlatga boshqa prezident keldi. Prokuratura uxlab yotibdi. Xalq havotirda.
Bir otaxon avtobusda bitta negrni ko‘rib qolibdi va so‘rabdi:
— Bolam Mirzacho‘ldanmisan?
— Yo‘q otaxon, men negrman, Afrikadanman.
Sal o‘tib chol yana so‘rabdi:
— Bolam Mirzacho‘ldanmisan?
— Negrman dedim-ku ota Afrikalikman.
— Haaa, endi bolam gap yo‘g‘ida gapda...
15 minutlar yurgandan keyin, chol yana so‘rabdi:
— Bolam Mirzacho‘ldanmisan?, - desa negrni jahli chikib:
— Ha Mirzacho‘ldanman nima edi?, - desa
Haligi otaxon:
— Unda nega negrlarga o‘xshaysan?, - dermish.
Bir qari badavlat odam kechqurun uyiga qaytsa, xizmatkori:
— Ha, qari to‘nka! Qayerlarda yuribsan?!, - desa, boy pinagini buzmay:
— Qulog‘imga eshitadigan apparat sotib olgani borgandim, - dermish.
Bir otaxon bog‘da aylanib yurgan ekan. Yonidan bir chiroyli ketvorgan qiz o‘tib kolibdi.
Shunda otaxon:
— To‘xta qizim, bir quchoqlay 100 dollar beraman, - debdi.
Qiz:
— Yo‘qolingey, qanaqa bemaza cholsiz, - deb javob beribdi.
Otaxon esa:
— 500 dollar beraman, - debdi.
Qiz:
— Jinnimisiz? - debdi.
Otaxon:
— 1000 dollar beraman, - debdi.
Qiz o‘ylanib qolibdi-da:
— Unday bo‘lsa mayli, - deb ruxsat beribdi.
Otaxon qizni quchoqlagan holda xo‘rsinarmish.
Qiz:
— Bobo nega xo‘rsinasiz, niyatingizga yetdingiz-ku?! - deb so‘rabdi.
Shunda otaxon:
— Endi 1000 dollarni qayerdan topaman? - dermish
Bir yolg‘iz qariya avtomobilini katta tezlikda haydab ketayotsa, orqasidan GAI mashinasi quvlay boshlabdi. Chol tezlikni yanada oshirib, ulardan qochishga urinibdi. Oxiri qarasa, qochib ketishning iloji yo‘q! Avtomobilini to‘xtatib, tushibdi. Cholning yoniga GAI xodimlari kelib:
— Nega bizdan qochishga urindingiz otaxon?, - deyishsa, qariya o‘ylab ham o‘tirmay:
— Bir necha yillar ilgari xotinim meni tashlab, GAIda ishlaydigan erkak bilan qochib ketgan edi. Sizlarni ko‘rib, menga xotinimni qaytarib berishmoqchi deb o‘ylabman!, - dermish.
Hokimiyatga ushbu mazmunda shikoyat arizasi tushibdi:
"Meni kvartiramni ro‘parasida ayollar hammomi joylashgan. U yerdagi hamma narsalar menga ko‘rinib turadi. Bu mening ahloqim, etikamga ma’naviy va jismoniy ta’sir ko‘rsatyapti. Shuning uchun meni kvartiramni almashtirib berishingizni so‘rayman".
Bu masalani ko‘rib chiqish uchun kommissiya a’zolari uyga kelib, tekshira boshlabdi.
— Otaxon, nega yolg‘on gapirasiz? Axir hech narsa ko‘rinmayapti-ku!, - debdi tekshiruvchilar.
— Shunaqami? Sen shkafni ustiga chiqib qara-chi?, - debdi.
Kommissiya a’zolaridan biri shkafni ustiga chiqib qaray boshlabdi.
— Yo‘q. Baribir hech narsa ko‘rinmayapti!
— Sen chaproqqa surilgin. Yana..., yana-yam..., yana ozgina...
Shkaf ustidagi odam "gurs" etib yiqilibdi.
Boboy bo‘lsa:
— Ana ko‘rdingmi o‘g‘lim?! Har kuni shu ahvol.., - dermish.
Tiqilinch avtobusda, bir rus qiz siltanib cholni tizzasiga o‘tirib qolib...
— Ux tы, kakoy koshmar, - desa.
Chol:
— Qizim senga tekkan narsa koshmar emas, nosqovoq, - dermish.
Bir yigit bozorda ayollar taqinchoqlarini sotib o‘tirsa, yoniga chiroyli qiz buvisi bilan kelib so‘rabdi:
— Mana bu taqinchoq necha pul?
— 20 ta bo‘sa debdi, - yigit hazillashgisi kelib.
Shunda qiz:
— Men shunisini olaman. Haqqini buvim to‘lab yuboradilar, - dermish.