Qarz haqida latifalar

O‘qituvchi so‘rayapti:
— Ho‘sh Asad, do‘sting sendan 5000 so‘m pul olib, 4000 so‘mini sarfladi. Senga necha pul qaytaradi?
— Bir so‘m ham qaytarmaydi, ustoz!
— O‘tir joyingga, bahoing "ikki"! Matematikani umuman bilmaysan!
— Yo‘q ustoz, siz meni do‘stlarimni mutlaqo bilmas ekansiz...
Bir yigit do‘stiga:
— Soatga qara! Faqat bir tomonga qarab yuradi. Bilasanmi, bu nimani anglatadi? Bu hayotingdagi o‘tkan ishlarni unut, eski narsalarni eslama, faqat oldinga qarab yur degani!, - desa, do‘sti:
— Ey faylasuf, gapni boshqa yoqqa burma-da, o‘tgan oy olgan qarzingni qaytar, - dermish.
Maktabdan qaytgan oʻgʻil adasi gap boshlabdi:
— Sinfimizdagi Sarvarni adasi har kuni maktabdan olgan baholari uchun unga pul berar ekan. Masalan, “5” bahoga 1000 soʻm, “4” baho olsa – 500 soʻm, “3”ga 200 soʻmdan. Agar “2” olib kelsa, Sarvar yigʻgan pullaridan 1000 soʻm jarima toʻlashiga toʻgʻri kelarkan.
— Hoʻsh, doʻsting ancha pul yigʻibdimi?
— Qayoqda... Qarzlarini toʻlash uchun yakshanba kunlari paxta terimiga chiqyapti.
Kunlarning birida chol baliq ovlab o‘tirib, oltin baliqni ushlab olibdi.
— Tila tilagingni! Hammasini bajo keltiraman. Faqat meni qo‘yib yubor...!
Chol debdi:
— Meni uch tilagim bor. Shular qachon amalga oshsa, seni dengizga qo‘yib yuboraman.
1. Qachonki bu ahmoqlar so‘nggi rusumdagi iPhone va dang‘illama to‘ylar qilish uchun kreditlar olishni bas qilsa!
2. Qachonki ayrim rahbarlar yolg‘on gapirishni bas qilsa!
3. Qachonki kollej o‘quvchilari uyda unutib qoldirgan telefoni uchun yarim yo‘ldan orqaga qaytishni bas qilsa!
Rangi oqarib ketgan baliq cholga qarab:
— Meni tushlikka yemoqchimidingiz? - dermish.
Bir odam vrachni yoniga kelib debdi:
— Doktor, menga yordam bering. Men tushkunlikka tushib qoldim.
— Nima bo‘ldi?
— Narx-navo oshib boryapti, meni esa pulim yo‘q!
— Kechirasiz, sizga pul bera olmayman!
— Hech bo‘lmaganda, depressiyadan chiqish uchun arzonroq dorini ayting!
— Chuqur nafas oling, chiqaring. Yana takrorlang.
— Bu qanday yordam berishi mumkin?
— Havo bepulligida to‘yib nafas ovoling...
Bir odamga bank kredit berishni rad etibdi. Qanday qilib qasd olishini uzoq o‘ylab, oxiri shu bankdan shaxsiy yacheyka olibdi. Unga ikki kilogramm baliq olib kelib qo‘yibdi-da, yacheykaga faqat o‘zi biladigan kod raqamini o‘rnatib ketibdi.
Bir bolakay o‘rtog‘iga maqtanibdi:
—Meni dadam seni dadangga qarz bergan.
O‘rtog‘i javob qaytaribdi:
— Lekin dadang meni dadamdan o‘sha qarzini ololmay yuribdi-ku!
Salom do‘stim! Bormisan, qancha bo‘pti seni uchratmaganimga?!
— Borman! Bir yil, uch oy, ikki hafta bo‘ldi mendan qochib yurganingga... Olgan qarzingni qachon qaytarasan, nomard?!
Qarz oluvchilar bir nechta turga bo‘linadi:
1. Surbetlar.
2. O‘ta surbetlar.
3. Antisurbetlar.
4. Sehrgar surbetlar.
Surbet qarzdorlar:
“Pul berib tura olmaysanmi?” deyishadi.
O‘ta surbetlar:
“Oylik olishing bilan menga qarz berib turarsan...!”
Antisurbetlar:
“ O‘tgan safar olgan qarzimni bera olmayapman. Yana ozgina pul berib tursang, hammasini keyin bitta qilib qaytarardim”.
Sehrgar surbetlar:
Pul berasiz-u, ularni sehrini ko‘rasiz. Ko‘zdan g‘oyib bo‘lishadi. Ko‘rinmas odamga aylanishadi. Bir umrga...
"Bir haftada qaytaraman", - deb qarz olgan va bir oyda qaytarganlarni qizil kitobga kiritish kerak.
Chunki bunchalik tez qarzini qaytaradigan insonlar kamayib ketmoqda!!!