Bir to‘yda yarim tungacha bazm bo‘libdi-yu oxiri o‘rtakash bir otaxonni o‘rtaga chaqirib:
— Otaxon duo qilib bering, - debdi.
Otaxon o‘rtakashni oldiga kelsa, o‘rtakash otaxonni qulog‘iga zamonaviy BLUETOOTH mikrofonni taqib gapiring, - debdi.
Otaxon o‘rtakashga qarab:
— Menga mikrofon ber, - desa.
O‘rtakash:
— Otaxon gapiravering hamma eshityapti, - debdi.
Otaxon jahli chiqib:
— Mikrofon ber-e, - desa.
O‘rtakash otaxonni qo‘liga bitta stakanni berib, mana mikrofon endi gapiring, - desa.
Otaxon gap boshlabdi:
— Mana bugun jiyanimiz Abdusattor... jiyanimiz Abdusattor, - debdi-yu.
Kelinni ismi esidan chiqib qolib, stakanni orqasiga yashirib, o‘rtakashga qarab:
— Anu alvastini ismi nimaydi, - dermish.
Kecha ishxonamizda haqiqat kuni qildik. Hammamiz haqiqat izladik. Bugun endi, hammamiz yangi ish izlayapmiz.
O‘g‘li otasidan so‘rabdi:
— Ada siz oilamizda kimsiz?
— Men - Prezidentman.
— Oyim-chi?
— Oying - davlat.
— Buvimlachi?
— Buving - prokuratura.
— Ukam bilan men-chi?
— Sizlar - xalqsizlar.
Ota komandirovkaga ketibdi. 1 haftadan so‘ng o‘g‘il otasiga SMS yozibdi:
"Ada tez keling! Davlatga boshqa prezident keldi. Prokuratura uxlab yotibdi. Xalq havotirda.
Afandi xonga g‘oz pishirib borar edi, yo‘lda korni ochib, bir oyog‘ini yeb qo‘ydi. Xon uni olib so‘radi:
— Bir oyog‘i qani?
— Bu yilgi g‘ozlarning hammasi bir oyoqli ekan,— dedi-da, Afandi suv bo‘yida bir oyog‘ini ko‘tarib dam olib turgan g‘ozlarni ko‘rsatdi. Xon tayoqni ko‘tarib po‘pisa qilgan edi, g‘ozlar ikki oyoqlab qochdi.
— Ana, oyoqlari ikkita ekan-ku,— dedi xon. Afandi pinagini buzmay javob berdi:
— Shu tayoq bilan birov sizga ham hamla qilsa, ikki oyoq u yoqda tursin, to‘rt oyoqlab qochar edingiz.