Qisqa haqida latifalar

Qayumov Ahad degan bir yigit sinfdoshlaridan hech qachon avval familiyasi keyin ismini aytib chaqirmaslikni iltimos qilibdi.
Iltimos, mol-mulklarimni qizil kitobga kiritsangiz. Ular butunlay yo‘qolib ketish arafasida!
Maktabda 2 ta chet tilini o‘qitishadi:
1-Ingliz tili;
2-Geometiya.
— Boshliq, bugun ishdan ertaroq ketsam maylimi?
— Necha daqiqaga?
— Mumkin bo‘lsa, 480 daqiqaga.

Bir tiyinsiz o‘tirmaslik uchun yonboshlab oldim.

— Do‘stim, nega ko‘zing ko‘kargan?
— Kecha xotinim pishirgan ovqatni maqtayman deb, “Onasi, ovqating mazali emas, ... judayam mazali chiqibdi” demoqchi edim. Gapimni oxirigacha aytishga ulgurmadim...
Nafaqaga chiqayotganingda, bir umr pul to‘lanadigan ta’tilni orzu qilganingni esla!
Agar qiz bola senga turmushga chiqishga osonlik bilan rozi bo‘lgan bo‘lsa, demak u osonlikcha ajrashadigan qiz emas.
Ota o‘g‘liga:
— Sen pianinoda ko‘proq mashq qilishing kerak.
O‘g‘li:
— Bundan ortig‘i bo‘lmaydi. Butun podezd ko‘chib ketdi-ku.
Ingliz tilini qanchalik yaxshi bilsang ham, 25 years so‘zini baribir "Yigirma besh years" deb o‘qiyverasan.