Salomatlik haqida latifalar

Hammaning o‘z baxt formulasi bor. Masalan man xonam shipiga "Ertadan yugurishni boshlayman!" deb yozib qo‘yganman. Va har kuni ertalab uyg‘onganda bu yozuvga ko‘zim tushadi va "Hayriyatki bugundan emas, ertadan ekan!" deb xursand bo‘lib qo‘yaman...
Bir odam Afandidan:
— Afandim, ertalabdan beri boshim qattiq og‘riyapti. Nima qilsam ekan? - deb so‘rasa, Afandi javob beribdi:
— O‘tgan kuni tishim qattiq og‘riganda sug‘urib tashlagandim. Foydasi bo‘ldi lekin, - dermish...
Tishni yaxshi saqlash uchun ayollarga bepul maslahat:
1. Kuniga 2 marta tozalash!
2. Yilda 2 marta stomatologga borish!
3. Erga aslo gap qaytarmaslik!
Bir sodda ayol dorixonaga kirib sotuvchiga debdi:
— Oxirgi paytlarda xotiram yomonlashib, aqliy faoliyatim sustlashgandek bo‘lyapti. Menga miyani yaxshi ishlashiga yordam beradigan dori bersangiz...
— Mana shu doridan kuniga 3 mahal ichib turasiz.
Uyga kelib xarid qilgan dorini tarkibini o‘qib o‘tirgan xotin eriga qarab debdi:
— Voy o‘lmasam adasi... Falon pulga sotib olgan dorim hovlimizda o‘sib yotgan oddiy o‘tlardan tayyorlangan ekan-ku! Men bo‘lsam shuncha pul sarflab o‘tiribman-a...
Eri xotinini gapini eshitib:
— Ana xotin, dori tasir qila boshlabdi, - desa, xotini:
— Qanaqasiga? – debdi.
— Miyang ishlay boshladi, - dermish eri.
Chekishning zarari aniq isbotlandi. Chekkani chiqqanimda o‘rtoqlarim ovqatimni yeb qo‘yishibdi.

Hukumat vakillari «Chernobil» AES dan bo‘shab qolgan yerlarga nima ekish mumkinligi haqida muhokama qilmoqda:
— Daraxt ekib bo‘lmaydi. Yer zaharlangan. Mevali ko‘chatlarni gapirmasa ham bo‘ladi...
— Men bilaman! Bu yerlarda tamaki yetishtirish kerak. Tamakini yig‘ib olib, undan sigaret tayyorlanadi va sigaret qutisini ustiga shunday yozuv yozib qo‘yiladi:
“Sog‘liqni saqlash vazirligi oxirgi marta ogohlantiradi! Chekish sog‘liq uchun xavfli!”

Talabalar yotoqxonasi. Tong.
— Voy belim, yomon og‘riyapti!
— Kechasi bilan hurrak otganingdan keyin og‘riydi-da!
— Kechasi bilan yana meni tepib chiqding-mi...?
Bir kampir qo‘ziqorindan zaharlanib vrachga boribdi. Vrach kampirga:
— Onaxon, har narsani yeyavermang-da! – desa, kampir:
— Bolam, har narsani uvoli bor! Uvol bo‘lmasin deb yeb qo‘yaman-da, - dermish.
Bir ayol vrachning xonasiga kirib, kasallik varaqasini unga uzatibdi. Vrach anketani sekin varroqlab ocha boshlabdi-yu, har-har zamon “Voy-voy! Shunchalik ham bo‘ladimi?!” deb boy chayqab qo‘yibdi.
Buni ko‘rgan byemor ayolni “nafasi ichiga tushib” so‘rabdi:
— Doktor, ahvolim shunchalik yomonmi?
Vrach bo‘lsa unga qarab debdi:
— Sizni emas, ko‘zimni aytyapman...! Ko‘zoynaksiz umuman o‘qiy olmaydigan bo‘lib qolibman-a...
Vrach xonasini eshigini ochib ostonada unga tirjayib turgan kishi debdi:
— Salom doktor! Kirsam bo‘ladimi?
— Hozir bemorim bor... – debdi vrach.
— Men sizni yaqin do‘stingizman. Besh yil avval ko‘rishganmiz, esingizdami?
— Yaqin do‘stlarim bilan 5 daqiqa avval ko‘rishdim. Besh yil avval ko‘rishgan bo‘lsak, bemorim ekansiz. Navbatga turing!