Salomatlik haqida latifalar

Psixiatr:
— Tushunishimcha, bugundan svet, gaz va benzin narxi oshganini eshitib umuman asabiylashmadingiz, to‘g‘rimi?
— To‘g‘ri. Mutlaqo!
— Bu kasallik sizda qachondan beri kuzatiladi?
Ertalab ko‘chaga chiqib qarasam, odamlar yugurib yurishibdi. Semiz odamlar yugurib ketishmoqda. Go‘yoki, “semizlik”dan qochib ketayotishgandek...
— Doktor bolam, qulog‘im mutlaqo eshitmay qoldi-ya...
— Unda xursand bo‘ling otaxon! Dunyoning tashvishlaridan qutulibsiz.
Bemor vrachga kelib debdi:
— Doktor menga yordam bering. Fikru hayolim faqat telegramda, kunduzi ham, kechasi ham gruppadaman! Nima qilay, maslahat bering...
Vrach:
— Bu jiddiy kasallik. Yuring, siz bilan lichkada gaplashamiz.
Hozirgi zamon bemorlari 2 turga bo‘linadi:
Birinchisi, puli kam va tuzalmasdan, kasalxonadan tez chiqib ketadiganlar.
Ikkinchisi, puli ko‘p, lekin hecham kasalxonadan chiqa olmaydigan bemorlar!
Psixiatr qabulida bemor:
— Doktor meni qo‘llarim tinimsiz qaltirayapti.
— Ichasizmi?
— Ichardim.
— Chekasizmi?
— Chekardim.
— Nima, tashladingizmi?
— Yo‘q, endi tashlamoqchiman...
— Ko‘rdingizmi? Hozirdan qo‘rqyapti organizmingiz!
Shifokor huzurida:
— Salom doktor! Biz keldik.
— Kechirasiz, siz bir o‘zingiz-ku?!
— Men va mening kasalliklarim!
Yigit do‘stidan so‘rabdi:
— Seni katta opang stomatolog bo‘lib ishlaydimi?
— Ha, u stomatolog.
— Nega u bu kasbni tanlagan?
— Chunki opamga erkaklar og‘zini, ko‘zlarini katta ochib unga qarab turishlari juda yoqadi!
Tushkun bemor vrachdan so‘rabdi:
— Doktor, nega tahlil natijalarim bunchalik yomon?
— Siz ular uchun qancha pul to‘lagan edingiz?
— 50 ming so‘m.
— Yaxshi natijali tahlillar bizda qimmat turadi!
Jarroh operatsiya tugagandan so‘ng bemorga dedi:
— Kechirasiz, ichingizda qaychi qolib ketibdi. Sizni boshqattan operatsiya qilmasak bo‘lmaydi.
— Mayli do‘xtir. Faqat operatsiyadan keyin qornimga tugma qadab qo‘ying! Yana biror narsa qolib ketsa, badanimni kesib o‘tirmaysiz.