Salomatlik haqida latifalar

Savol: Virus bilan og‘riganlar soni, dollar kursi va mening qon bosimim orasida qanday bog‘liqlik bor?!

To‘g‘ri javob: ko‘tarilish.

Odamlar bilan 2 metrlik masofani saqlashni aytishmoqda.
Lekin kravatimizning eni 1,75. Erim esa yerda uxlashni xohlamayapti.
Uy hayvonlariga qo‘lqop bilan tegining, qo‘llarni tez-tez sovunlab yuving.
Oyi, sizmisiz? Nega bu rakamdan SMS yozyapsiz? Buni ustiga sizlayapsiz? Tinchlikmi oyi?
May oyida ham karantin davom etishini eshitgach, boshimda qattiq og‘riq sezdim. May uchun ko‘zlagan rejalarim parchalanib ketdi shekilli.
AQSH, Germaniya, Britaniya hukumati:
— Ko‘chaga chiqmang! Uyda qoling!
Xalq:
— Qanaqasiga? Qaysi pulga yeb-ichamiz?
Hukumati:
— Uyda qoling! Mana sizga pul!
Rossiya hukumati:
— Uyda qoling!
Rossiya xalqi:
— Nima? Biz uyda o‘tirsak, kim bizni boqadi?
Hukumati:
— Karantin qoidalarini buzganingiz uchun mana sizga jarima varaqlari, to‘lab qo‘ying!
Mart, aprel oylarida nimalar qilmadim-yey...! Uyda qoldim, gohida uyda qoldim, kezi kelganda uyda qoldim, uyda qolgan paytlarim ham bo‘ldi, eng qizig‘i deyarli uyda qoldim.
Karantin davri iqtisodiyotga zarar deyishadi.
Graf Monte Kristo aasari qahramoni esa 14 yil izolyatsiyada o‘tirib chiqib boyib ketadi. Buni ustiga hamma dushmanlaridan o‘ch olib,
bevafo xotinini ham esini kiritib qo‘ygan edi.
Karantinning 1 haftasida sevimli filmimni 4 ta faslini ko‘rib tugatdim.
Endi ish qidirayotgan vaqtimda rezyumega "Qat’iyatlilik" va "Chidamlik" kabi xislatlarimni ham qo‘shib yozsam bo‘ladi.
Bir ayol karantindan keyin sartaroshxonaga kirsa, tibbiy niqob, ko‘zoynak taqqan, qo‘liga tibbiy qo‘lqop kiygan odam turganmish.
— Assalomu alaykum doktor! - desa, haligi odam:
— Men doktor emas, sartaroshman! - dermish.
Psixoterapevt bemoriga:
— Bir-ikki kunda sizga javob beramiz. Siz to‘liq sog‘aydingiz. Asosiysi, insonlarga "Yo‘q" degan javobni berishni o‘rgandingiz.
— Rahmat doktor.
— Kasalxona uchun pulni plastikda to‘laysizmi?
— Yo‘q!
— Naqd to‘laysizmi?
— Yo‘q!
— Tushunmadim. O‘zi pulni to‘lash niyatingiz bormi?
— Yo‘q!