Talabalar haqida latifalar

2 ta talaba uchrashib qolibdi:
— Kecha nega avtobusni orqasidan yugurib ketayotganding?
— Avtobusga pulni tejamoqchi bo‘ldim.
— Imtihonlar qalay bo‘ldi o‘g‘lim?
— Yaxshi ada. Narxlar oshib ketibdi.
Imtihonga kirgan talaba bitta biletni olib, joyiga qo‘yib-qo‘yibdi. Ikkinchisini olib yana joyiga qo‘yibdi. Uchinchisini, to‘rtinchisini, ... va hakozo olib-qo‘yaversa, o‘qituvchi uni to‘xtatib reyting daftarchasiga "4" baho qo‘yib beribdi.
Boshqa talabalar hayron... "Nima uchun??? Axir u hech nimaga javob bermadi-ku?!" deyishibdi.
Shunda o‘qituvchi "Aynan bitta biletni qidiryaptimi, demak nimagadir qattiq tayinlanib kelgan-da!" degan ekan.

Imtihonga kirgan talaba bitta biletni olib joyiga qo‘yib qo‘yibdi.
Uzoqdan kuzatib o‘tirgan professor:
— Nega biletni qaytarib qo‘ydingiz? - debdi.
— 13 bilet ekan. Men irimchiman. Xosiyatsiz raqamli biletni olishni istamadim, - debdi talaba.
— Irim-sirimlarga ishonmang. 13-raqamli biletga ham yaxshi javob bersa bo‘ladi, - debdi professor va talabaga 13-biletni topib beribdi.
Talaba hamma savollarga javob berib "5" baho olib tashqariga chiqibdi.
Do‘stlari "Nima bo‘ldi?" deyishsa, talaba:
— O‘zi faqat 13-biletni savollariga tayyorlangan edim. Professorni laqqa tushirdim, - degan ekan.

Ikki talaba suhbatidan:
— Tinchlikmi, nega xomushsan?
— Sevgan qizimga iPhone 11 olib berish uchun 1 yil pul yig‘gan edim. Kecha shu pulga ovqat olib yeb qo‘ydim.
— Ovqat? O‘zi nechi pul yig‘gan eding?
— 18 ming so‘m.
Psixologiya darsida talabalar professordan ma’ruza tinglashmoqda.
Professor:
— Hozir men sizlarga insondagi 2 holatni ko‘rsatib beraman.
Professor qo‘l telefondan xohlagan raqamiga qo‘ng‘iroq qilib:
— Allo, Baxtiyor bormi? - debdi.
Go‘shakdan:
— Boshqa raqamga tushdingiz. Baxtiyorni raqami emas! - degan javob bo‘libdi.
— Bu "bezovtalanish" holati, - debdi professor.
Keyin yana telefondan o‘sha raqamga qo‘ng‘iroq qilibdi.
— Allo, Baxtiyor kelmadimi hali? - debdi professor.
— Men sizga Baxtiyorni raqami emas deb ayttimmi?! Nega tushunmaysiz?! - deb javob berishibdi.
— Bu "asabiylashish" holati, - debdi professor.
Shu payt oldi qatorda o‘tirgan talabalardan biri debdi:
— Men "shokka tushish" holatini ko‘rsatib bermoqchiman.
— Marhamat! - debdi professor va qo‘lidagi telefonni talabaga uzatibdi.
Talaba yana xuddi o‘sha raqamga qo‘ng‘iroq qilib:
— Allo, men Baxtiyorman! Meni hech kim so‘ramadimi? - debdi.
Institutda kursdoshlarim mendan saqich so‘rayvergan edi, bo‘shagan dori idishiga saqichlarimni solib oldim.

Talaba yigit yozgi sessiyalardan so‘ng otasiga telefon qilib:
— Dada, "Beshikdan qabrgacha ilm izla" deb aytar edingiz...
Otasi:
— Ha, o‘g‘lim shunday. Nimaga so‘rayapsan?
O‘g‘li:
— Men yana imtihonlardan o‘ta olmay, keyingi yilga qoldirildim.