Bir ayol dugonalari bilan yangi yilni bayram qilibdi va rosa shampanskiy ichib, uyiga mast holatda kech qaytibdi. Qarasa eri uxlayapti. U xotinini kech kelganini bilmabdi ham.
Xotin darhol noutbukini ochib o‘zini ishlatayotganga solibdi.
Eri shovqinda uyg‘onib xotinga:
— Nima bayramda ichib oldingmi?
Xotin:
— Yo‘q, dadasi ertaga juda muhim ishim bor shuni yozayapman!
Eri:
— Yolg‘on gapirma, alkash chemodonni yopib tezda uxla.
Afandi charchab uzoq yo‘ldan kelar edi. Yo‘lda otliq ketayotgan mahalla ellikboshisiga ko‘zi tushib qoldi va undan iltimos qildi:
— To‘nimni olib ketmaysizmi?
— Mayli,— rozi bo‘ldi ellikboshi,— qishloqqa borgach uni kimga berib qo‘yishim kerak?
— To‘nimning o‘zi otdan tushib, uyni topib ketadi.
— Masxarabozlikni qo‘ying, Afandi, hech jahonda to‘n ham uyini topib keta oladimi?
— Axir, uning ichida o‘zim bo‘laman-da!— dedi Afandi.
Kechasi Afandining uyiga qopda buyum ko‘targan ikki o‘g‘ri kirdi. Buni payqagan xotin Afandini asta turtib:
— Afandi, turing, uyga o‘g‘ri kirdi,— dedi. Afandi asta shivirladi:
— Jim yot, men uyg‘oqman, ovozimizni eshitib, o‘g‘rilar qopini ko‘tarib qochib qolmasin. Men qopdagi buyumni mo‘ljallab turibman.
Bir kuni ilon velociped minib ketayotgan ekan..
Afandining iti bolalagan edi, bir necha kishilar uning uyiga mehmon bo‘lib kelib, so‘zlashib o‘tirishar edi. Kuchuk bolalari uyga kirib mehmonlar bilan o‘ynashib, bezovta qila boshladilar.
Mehmonlardan biri hazillashib:
— Afandi, arzandalaringizga odob o‘rgatsangiz bo‘lmaydimi?, — dedi.
— Nima qilay, tog‘alarini ko‘rib suyunganlaridan suykalishyapti-da, — deya javob beribdi Afandi.
Bir qari odam kasal bo‘lib yotib qoldi. Yoniga o‘g‘lini chaqirib, vasiyat qila boshladi:
— Bolalarim, jon bor yerda qazo bor. Shuning uchun hozirdan aytib qo‘yay, odamlardan olasi-berasilarim bor. Men aytib turaman, sen yozib ol.
— Xo‘p, dada, aytavering! Qani, oldin kimlardan ola-silaringiz bor, shuni ayting!
— Yoz, Eshmatda yuz so‘m, Toshmatda yuz so‘m, Isavoyda ikki yuz so‘m, Musavoyda ikki yuz so‘m...
— Ha, dadajon, aytavering, tag‘in kimlarda bor? Dadasi yana uch-to‘rt odamning nomini aytdi. Olasi-larning jami ming so‘mcha bor edi.
— Bolam, endi qog‘ozning narigi tarafini ag‘dar. Kimlarga berasilarim bor, shuni yoz.
— Qani, ayting-chi.
— Ismatxo‘ja akaga ming so‘m, Rustamxo‘ja akaga ming so‘m, Eshon akaga ikki ming so‘m, Mulla Umarboyga...
— E to‘xtang, to‘xtang, dada, endi ayniy boshladingiz,— deb, o‘g‘li uning boshini ushlab ko‘rdi,— bu gaplar isitmaning haroratiga o‘xshaydi. Yota qoling dada...
Bir odam pullarini yo‘qotib qo‘yib Xudoga iltijo qilayotgan ekan:
— Ey xudojon agar pullarimni topib bersang, butun umr faqat yaxshi savob ish qilaman. U pullarimga boshqa ichmayman! Tinmay ibodat qilaman, - deb qo‘llarini ko‘kka cho‘zib yig‘lab turgan ekan, shunda bir chekkada pullari yotganmish.
Shunda haligi kishi tezda ko‘z yoshlarini artib:
— Bo‘ldi kerakmas, o‘zim topdim, - dermish.
Bir mehmondorchilikda yosh surishtirib qolishdi. Afandiga kelib birov:
— Afandi, siz nechaga kirdingiz?—deb so‘radi.
— Bu yil qirqqa kirdim,— dedi Afandi.
— Iye,— dedi boyagi kishi,— bundan o‘n yil ilgari ham qirqqa kirdim degan edingiz-ku?
Afandi javob berdi:
— Qiziq odam ekansiz, kishining gapi bitta bo‘ladi-da.
Bir otaxon avtobusda bitta negrni ko‘rib qolibdi va so‘rabdi:
— Bolam Mirzacho‘ldanmisan?
— Yo‘q otaxon, men negrman, Afrikadanman.
Sal o‘tib chol yana so‘rabdi:
— Bolam Mirzacho‘ldanmisan?
— Negrman dedim-ku ota Afrikalikman.
— Haaa, endi bolam gap yo‘g‘ida gapda...
15 minutlar yurgandan keyin, chol yana so‘rabdi:
— Bolam Mirzacho‘ldanmisan?, - desa negrni jahli chikib:
— Ha Mirzacho‘ldanman nima edi?, - desa
Haligi otaxon:
— Unda nega negrlarga o‘xshaysan?, - dermish.
Uchta g‘irt mast bir taksini to‘xtatib chiqishibdi. Taksichi hazillashib mashinani o‘t oldirib joyidan jildirmay besh daqiqacha turib, keyin mashinani uchirib:
— "Yetib keldik tushinglar" — desa. Birinchi mast rahmat aytib tushib ketibdi. Ikkinchi mast yo‘lkirani to‘lab tushibdi. Uchinchisi taksichini boshiga bir shapatdan beribdi. Taksichi ichida bunisi sezib qoldi deb o‘ylab tursa...
Uchinchi mast
— "Sen odamlarning hayotiga javobgarsan! Ikkinchi bunaqa tez haydamagin" — dermish.