Samolyotda o‘zbek, karis, rus ketishayotgan ekan. Birdan samolyot qulay boshlabdi. Aksiga olib samolyotda faqat 2 ta parashyut bor ekan. Ikkovi ham o‘zbekniki ekan. Shunda karis hiyla ishlatib o‘zbekni alday boshlabdi:
— Meni 3 ta bolam bor. Rahming kelsin. Ularni boqishim kerak, - desa
O‘zbekni rahmi kelib:
— Ushla deb, bitta sumkani beribdi.
Karis sumkani taqibdida:
— Sodda jinni ekansan, - deb kulib samolyotdan sakrabdi.
Rus homush o‘tirsa o‘zbek unga ham bitta sumka beribdi. Ochib qarasa, parashyut ekan.
— O‘zing nima qilasan?, - desa
— O‘zimga ham bor, anu karis bolalarimni boqishim kerak deganiga bir sumka kartoshka bervordim qiynalmasin deb.
Suv ostida uzoq vaqt turib bo‘yicha xalqaro musobaqa o‘tkazilibdi.
Amerikalik sportchi suv ostida 5 daqiqa turibdi. “Muvafaqqiyatimning siri doimiy mashg‘ulotlarda!” deb maqtanibdi.
2-bo‘lib yaponiyalik sportchi suv ostiga kirib ketib, 10 daqiqada chiqibdi. “Bunchalik uzoq suv ostida qolishimning sababi aqlim va qobiliyatimda!” deb intervyu beribdi.
3-navbat o‘zbek sportchisiga berilibdi. O‘zbek sportchi suvga kalla tashlagan ekan hamma sanay boshlabdi. 5 daqiqa, 10 daqiqa, 15 daqiqa, ... 30 daqiqa deganda chiqib kelibdi. Jurnalistlar yugurib kelib so‘rashibdi:
— Qanday qilib...? Qanaqasiga...? Bunchalik uzoq tura olasiz deb hech kim o‘ylamagan edi... – deyishsa, o‘zbekistonlik sportchi:
— O‘zim ham o‘ylamagandim. Suv tagida kiyimim bir nimaga ilinib qolmaganda allaqachon chiqardim, - degan ekan.
Yigit bilan qiz uchrashuv belgilashibdi. Yigit qizni rossa kutibdi. Qiz kelmabdi. Oxiri uyiga qaytib ketibdi. Ertasi kuni qiz yigitga qo‘ng‘iroq qilib, gapi borligini aytibdi. Qiz yigit bilan uchrashibdi-yu, kecha hind kinosi ko‘rganini, shuning uchun uchrashuvga kela olmaganini tushuntiribdi.
Keyin qiz yigitga:
— Biror kafega kiraylik, kinoni gapirib beraman, - debdi.
Bir kafega kirib o‘tirib, qiz kinoni gapirib bera boshlabdi. Bir yarim soat tinmay gapirib bo‘lib:
— Mana, kinoni 1-qismi tugadi. Hozir bir suv ichib olay, 2-qismini gapirib beraman, - desa, yigit:
— Mayli, faqat kinodagi ashula aytib, raqsga tushgan joylarini o‘tkazib yuborgin. Shuncha odam oldida uyalib ketyabman, - degan ekan.
Bir bola yo‘lda ketayotgan ekan, behosdan quduqqa tushib ketibdi. U yerda 1 dan 5 gacha bo‘lgan sonlar yozilgan tugmachalar bor ekan. 1 ni bossa bolani ust-boshi yechilibdi. 2 ni bossa bolani yuvintirib qo‘yishibdi. 3 ni bosgan ekan quritib qo‘yishibdi. 4 ni ham bosgan ekan, yangi kiyimlar kiydirib qo‘yishibdi. Oxiri 5 ni bosib quduqdan sakrab chiqib qolibdi.
Yo‘lda davom etib ketayotgan bola do‘stini uchratib qolibdi. Bo‘lgan voqeani aytib bersa, do‘sti sal shoshqaloq ekan. Gaplarni oxirigacha eshitmay quduqqa yugurib kelib sakrabdi. 1-tugmani bossa uni ham kiyim-boshi yechilibdi. Keyin u darrov 5 ni bosibdi. Shunda tepaga uchib chiqib ketganini bilmay qolibdi.
O‘zga sayyoralik kundaligidan:
1 Avgust Koreyslar sayyoramizga uchib kelishdi, 3 soat deganda nanotexnologiya yordamida bunkerimizni kodini buzib kirishdi va hammamizga lapsha tarqatishdi. Lapsha shirin ekan, lekin hammamizga yetmadi, shuning uchun koreyslarni asirga oldik.
2 Avgust Amerikaliklar kelib 1 soatda xakerlar yordamida bunkerimizni ochib hammaga gamburger tarqatdi, gamburger shirin ekan lekin hammamizga yetmadi, shuning uchun amerikaliklarni ham asirga oldik.
3 Avgust. Sayyoramizga o‘zbeklar uchib keldi 10 minutda lom va lopatka bilan bunkerimizi ochib kirishdi va hammamizi basharamizga lopatka bilan berib tashashdi va koreyslar bilan amerikaliklarni qutqarib olib ketishdi, lopatka achchiq ekan lekin xammamizga yetdi xech kim quruq qomadi.
Psixologiya darsida talabalar professordan ma’ruza tinglashmoqda.
Professor:
— Hozir men sizlarga insondagi 2 holatni ko‘rsatib beraman.
Professor qo‘l telefondan xohlagan raqamiga qo‘ng‘iroq qilib:
— Allo, Baxtiyor bormi? - debdi.
Go‘shakdan:
— Boshqa raqamga tushdingiz. Baxtiyorni raqami emas! - degan javob bo‘libdi.
— Bu "bezovtalanish" holati, - debdi professor.
Keyin yana telefondan o‘sha raqamga qo‘ng‘iroq qilibdi.
— Allo, Baxtiyor kelmadimi hali? - debdi professor.
— Men sizga Baxtiyorni raqami emas deb ayttimmi?! Nega tushunmaysiz?! - deb javob berishibdi.
— Bu "asabiylashish" holati, - debdi professor.
Shu payt oldi qatorda o‘tirgan talabalardan biri debdi:
— Men "shokka tushish" holatini ko‘rsatib bermoqchiman.
— Marhamat! - debdi professor va qo‘lidagi telefonni talabaga uzatibdi.
Talaba yana xuddi o‘sha raqamga qo‘ng‘iroq qilib:
— Allo, men Baxtiyorman! Meni hech kim so‘ramadimi? - debdi.
Futbol jamoasi murabbiysi o‘z lavozimidan ozod etilar ekan, o‘rniga yangi saylangan murabbiyning qo‘liga 3 dona raqamlangan konvertda xat tutqazibdi va debdi:
— Bu konvertlarni hozir ochmagin! Og‘ir damlaring kelganda birin-ketin ochaverasan...!
Oradan ozgina vaqt o‘tib, komanda yana mag‘lubiyatga uchray boshlabdi. Shunda murabbiy 1-raqamdagi konvertni ochibdi. U yerda: "Hamma aybni menga ag‘daraver!" deb yozilgan ekan. Murabbiy shunday qilibdi.
Oradan yana vaqt o‘tibdi. Mavsum tugab, ketma-ket mag‘lubiyatlar komanda murabbiysini og‘ir ahvolga solib qo‘yibdi. 2-raqamli konvertni ochganida u yerda "Katta va’dalarni ber!" degan yozuv o‘qibdi. Yana ma’lum vaqt murabbiyni tinch qo‘yishibdi.
Uchinchi yil mag‘lubiyat! Hech qanday g‘alaba yo‘q! Muhlislarning noroziliklari! So‘nggi konvertni ochgan murabbiyni ko‘zi shu yozuvni o‘qibdi: "Xatlaringni yozaver!!!"
Shogird ustozidan so‘radi:
— Ustoz, nega men 2 yildan beri o‘qishga kira olmayapman? Buning sinoati nedir?
Ustoz chuqur o‘yga toldi va vazminlik bilan javob so‘radi:
— Sen quyoshning tog‘lar ortidan sekin-astalik bilan chiqishini, maysalar ustidagi qirovni qitiqlab eritib, tiniq shabnam tomchilariga aylantirishini kuzatasanmi?
— Albatta, ustoz.
— Tog‘dan sharqirab, olamga shovqin solib tushayotgan sharsharaning, daryoda sokin mavjlanayotgan suvning so‘zlariga quloq solasanmi?
— Shubhasiz, ustoz.
— Kumush qadahga to‘ldirib quyilgan mayning yuzida o‘z aksingni ko‘rganda chuqur o‘yga tolasanmi? Hayotning ma’nosi haqida fikr yuritasanmi?
— Juda ham ko‘p marta, ustoz.
— Oydek suluv go‘zalning ko‘ksiga boshingni qo‘yib, uning har bir yurak urishida namoyon bo‘lgan muhabbatni vujudingda xis qilasanmi?
— Deyarli har kuni, ustoz.
— Haa, ahmoq, kaltafahm! Vaqtingni bunaqa bekorchi narsalarga sarflamasdan ketingni bir joyga qo‘yib, qunt bilan o‘qiganingda allaqachon talaba bo‘lib yurgan bo‘larding! degan ekan.
Oʻzbekiston - Suriya oʻyinidan soʻng championat.atsia saytidan eng qiziqarli izohlar toʻplami:
1. “Choʻpon” oʻzgardi! Lekin qoʻylar oʻsha-oʻsha!
2. Kuperni kimdir aldab, “Shu oʻyinchilar - eng zoʻrlari! deyishgan shekilli!?
3. Yangi avtobus, yangi forma, yangi murabbiy va eski oʻyin!
4. Kuper tarjimonidan “Eng tez qaysi transportda Oʻzbekistondan chiqib ketsam boʻladi?” deb soʻradi...
5. Argentinalik mutaxassis qoʻl ostida futbolchilarimiz oʻzgarib ketgan boʻlsa, tanimay qolsak-a, deb havotirlanayotgan edik. Yoʻq, hayriyat hammasi oʻsha-oʻsha, oʻzimiznikilar. Darrov tanidik!
6. Matbuot anjumani: Kuper tarjimonidan yana bir bor soʻradi “Kim menga tez borib, birinchi reysga chipta olib kelib bera olarkin?!”
7. Ey birodarlar, axir Kuper aytdi-ku, “Ertaga moʻjiza kutmanglar” deb! Futbolchilarimizga farqi yoʻq, ularga kim murabbiylik qilishini...
8. Futbolchilarimiz Kuperni koʻrishdi. “Bir kichkina, oqsoch boboycha ekan” deyishdi.
Ko‘p qavatli uylardan birida yashovchi bir odamni uyini tarakan bosib ketibdi. Haligi odamni joniga tegib ketibdi, shunda u bular ham gapni tushunar deptida ularga shunday depti:
— Boshqa domdagi tarakanlar sizlarni rosa yomonladi ular sizlar bilan urushamiz ham dedi.
Shunda tarakanlar huddi gap tushunganday. Bir saf bo‘lib chiqib ketishibdi. odam ham hursand bo‘lib shukur qutildim deb uyquga ketibdi. Ertalab uyqudan turib qarasa, uyga oldingi tarakanlar
ko‘payib qaytib kelibdi. Odam ham hayron bo‘lib ularga urushmaylami, desa:
Tarakanlardan biri chiqib:
— E, ular qo‘rqoq ekan biz ularni asrlikga olib keldik, debdi.
Shunda odamni jahli chiqib qani hammang yo‘qol deb baqiribdi.
Tarakanlar sekin chiqib keta boshlabdi. Ohirida bir tarakan hassaga tayanib har 2 qadamda odamga qarab chiqib ketayotsa.
Odamga qiziq tuyulib kulibdi. Shunda haligi tarakan oldindagilarga qarab:
— Hoy, qaytinglar hazillashibdi debdi
Latifa.uz loyihasi haqida
Latifa.uz - har kuni yangi va sara ichakuzdi latifalar, hangomalarni taqdim qilamiz. Turli mavzularda eng zo'r latifalar: er-xotin, sevishganlar, do'stlar, ishxona, bozor, haydovchilar, o'qituvchilar, shifokorlar, 8 mart, yangi yil, futbol, afandi va yana ko'plab mavzularda latifalar birinchi bo'lib bizning saytimizda chiqadi. Vaqtingiz maroqli o'tadi, do'stlar davrasi, choyxona va gaplarda bizning latifalarni aytib davrani bemalol qizdira olasiz. Dolzarb mavzularda kulguli rasmlar, yumorga boy dialoglar ham sizni mutlaqo befarq qoldirmaydi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan latifalarning aksariyati aynan Latifa.uz saytining kanal va sahifalaridan olinadi. Telegram, Instagram, Facebook, Twitter'da bizning latifalar orqali odamlar bir-biriga hush kayfiyat ulashadilar. Shu bilan birga saytimiz odamlarni kayfiyatini ko'targan holda yoshlarning savodxonlik darajasini oshirish, sifatli matnlar bilan ularni ko'proq mutoalaa qilishga qiziqtirish. Biz internetda seks, porno, zo'ravonlik hamda 18+ matnlarni tarqalishiga mutlaq qarshimiz. Beldan pastga tushmagan samimiy yumor bilan odamlarning hordig'ini mazmunli o'tishiga hissa qo'shish uchun astoydil harakatdamiz, yoshlar orasida erotika va pornografiya tarqalishini oldini olishni to'liq qo'llab quvvatlaymiz.
Agarda biron-bir latifa bo'yicha e'tirozlar bo'lsa, bizga habar bersangiz saytdan o'chirib tashlaymiz.