— Elektron hukumatning alohida xususiyatlari nimada?
— Qog‘ozbozlikdan voz kechib, kompyuterdagi viruslar, tarmoqdagi uzilishlar, serverdagi xatoliklar va hakozolarga erisha oldik.
Sigir yong‘oq daraxtga chiqib ketayotgan ekan mushuk ko‘rib qolib, so‘rabdi:
— Hoy sigir, nega daraxtga chiqyapsan?
Sigir:
— Olma yemoqchiman, - debdi.
— Iye, bu yong‘oq daraxti-ku?! - so‘rabdi hayron bo‘lib mushuk.
Sigir bo‘lsa:
— Olma o‘zimda bor, - dermish.
— Doktor, nima dardga chalinibman-ki, meni davolay olmasangiz?!
— "Pulsizlik" kasalligi bilan og‘riyapsiz, bemor!
O‘qituvchi o‘quvchidan so‘radi:
— Karimjon,nega o‘tgan kuni maktabga kelmading?
— Oyim shimimni yuvib qo‘ygan ekanlar. Bora olmadim-da...
— Kecha-chi, kecha nimaga kelmading?
— Maktabga ketayotib, uyingiz yonidan o‘tdim. Qarasam, ko‘ylagingiz jiqqa xo‘l ilinib turgan ekan. Sizni maktabga bormasalar kerak deb o‘ylabman.
Bir otaxon nuqul mashinasi sochilib ketgan holda ustaga olib kelaverar ekan. Oxiri ustani achchig‘i chiqib:
— Ota mashinani juda yaxshi haydab ketasiz-ku!? Nimaga nuqul buzilib qolaveradi? Yuring-chi, - deb usta otaxonni mashinasiga o‘tiribdi.
Mashina yura boshlabdi.
— Birinchi skorstda 20 ga chiqamiz, ikkinchi skorstda 50 ga, uchinchi skorstda 80 ga, to‘rtinchi skorstda 120 ga, beshinchi skorstda 170 ga chiqib, yanada tezroq yurish uchun "raketa" degan R ga, - deb urgan ekan otaxon.
Bir odam ketayotib, to‘satdan qoqilib ketibdi-yu, boshi yerga dumalab ketibdi. Boshi yerda qolib, tanasi ketib borayotganmush. Boshi:
— To‘xta, to‘xta...!!! - deb baqiribdi. Tana to‘xtamasmush.
— Men bu yerda sen bilan qoldim-ku, nega baqirasan?! - dermish quloq...
Er-xotin zargarlik do‘koni yonidan o‘ta turib:
— Adasi, uyat emasmi, nuqul bitta zirakni taqib yuribman, - debdi xotini.
— Paypog‘imni ko‘rsataymi xotin?! - dermish eri.
Bir kuni uch tajribasiz ovchi ovga chiqishibdi. Katta kavak oldiga kelib to‘xtashibdi.
— Bu nimani ini, - debdi birinchisi.
— Bu quyonni ini, - debdi sherigi.
Kavakni ro‘parasida yotib olib kutishibdi. Quyon chiqishi bilan otishibdi.
Yana ketaverishibdi. Yo‘lda katta kavak chiqibdi. Bu safar juda-yam katta emish.
— Bu qaysi hayvonning ini, - so‘rabdi biri.
— Bilmadim. Ammo ro‘parasida yotib olib, kutamiz. Chiqishi bilan otamiz, - deyishibdi.
Ertasiga gazetada xabar chiqibdi: "Uch havaskor ovchini poyezd bosib ketdi".
Tunda ikki mast ko‘chada ketayotib, yonib turgan chiroqqa ko‘zlari tushib qolibdi.
1-mast:
— Bu - quyosh, - desa,
2-mast:
— Yo‘q, bu - oy, - deb tortishib ketishibdi.
Ular tortishayotsa oldilaridan bir odam o‘tib qolibdi.
Shunda haligi mastlar:
— E birodar, bir minut... Anavi quyoshmi yoki oymi? Biz hech kelisha olmayapmiz, - deyishsa, haligi odam:
— Kechirasizlar akalar, men bu mahalladan emasman, - dermish.
Bir kuni afandining tog‘asi olamdan o‘tib qolgan ekan. Afandi rahmatli tog‘asiga qabr tosh qildirish uchun mramorsozni oldiga boribdi. Mramorchi bilan narxini hech kelisha olmabdi
Afandi mramor ustasiga:
— Keling endi, sal kelishtirib berin...! Doimiy mijozingiz bo‘lib qolaman, - dermish.
Latifa.uz loyihasi haqida
Latifa.uz - har kuni yangi va sara ichakuzdi latifalar, hangomalarni taqdim qilamiz. Turli mavzularda eng zo'r latifalar: er-xotin, sevishganlar, do'stlar, ishxona, bozor, haydovchilar, o'qituvchilar, shifokorlar, 8 mart, yangi yil, futbol, afandi va yana ko'plab mavzularda latifalar birinchi bo'lib bizning saytimizda chiqadi. Vaqtingiz maroqli o'tadi, do'stlar davrasi, choyxona va gaplarda bizning latifalarni aytib davrani bemalol qizdira olasiz. Dolzarb mavzularda kulguli rasmlar, yumorga boy dialoglar ham sizni mutlaqo befarq qoldirmaydi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan latifalarning aksariyati aynan Latifa.uz saytining kanal va sahifalaridan olinadi. Telegram, Instagram, Facebook, Twitter'da bizning latifalar orqali odamlar bir-biriga hush kayfiyat ulashadilar. Shu bilan birga saytimiz odamlarni kayfiyatini ko'targan holda yoshlarning savodxonlik darajasini oshirish, sifatli matnlar bilan ularni ko'proq mutoalaa qilishga qiziqtirish. Biz internetda seks, porno, zo'ravonlik hamda 18+ matnlarni tarqalishiga mutlaq qarshimiz. Beldan pastga tushmagan samimiy yumor bilan odamlarning hordig'ini mazmunli o'tishiga hissa qo'shish uchun astoydil harakatdamiz, yoshlar orasida erotika va pornografiya tarqalishini oldini olishni to'liq qo'llab quvvatlaymiz.
Agarda biron-bir latifa bo'yicha e'tirozlar bo'lsa, bizga habar bersangiz saytdan o'chirib tashlaymiz.