Bir cho‘pon tuya hammomni orzu qilibdida, degan iborani eshitib hayron bo‘lib yurar ekan.
Bir kuni ke bir borib ko‘ray, deb hammomga boribdi, cho‘milib maza qilgandan hammom degani zo‘r joy ekan, kelasi yil yana kelamanooov, degan ekan.
Muovin boshliqqa debdi:
— Xo‘jayin, kompaniyamiz yaxshigina pul tejash yo‘lini o‘ylab topdim!
Boshliq:
— Toshmat, ishdan bo‘shashga qaror qildingmi?!
A-ha, qo‘lga tushdingmi? - dedi Nasriddinning do‘stlaridan biri. Pivo ichayapsan! o‘zing aytganding, pivo ichishni doktor taqiqladi, deb. Demak, sen byulletenni bir necha kunga cho‘zmoqchisan!
— Taqiqlagani to‘g‘ri. Lekin byulletenni cho‘zish to‘g‘risidagi gaping noto‘g‘ri. Bundan tashqari, doktor menga ichishni taqiqlagandan keyin ko‘p o‘tmay qazo qildi.
Xo‘sh, u o‘lganidan keyin ham buyrug‘iga bo‘ysunishim kerakmi?
Bir kuni Afandi ko‘chada ketayotganda, odamlar Afandiga shunday savol berishibdi:
— Afandim nimaga eshagingizga teskari o‘tirib oldingiz, deyishibdi.
Shunda Afandi shunday javob beribdi:
— Bugun ertalab eshagim bilan urushib qolgandim, shunga yuziga qarashga uyalaman, debdi.
Afandi xonga g‘oz pishirib borar edi, yo‘lda korni ochib, bir oyog‘ini yeb qo‘ydi. Xon uni olib so‘radi:
— Bir oyog‘i qani?
— Bu yilgi g‘ozlarning hammasi bir oyoqli ekan,— dedi-da, Afandi suv bo‘yida bir oyog‘ini ko‘tarib dam olib turgan g‘ozlarni ko‘rsatdi. Xon tayoqni ko‘tarib po‘pisa qilgan edi, g‘ozlar ikki oyoqlab qochdi.
— Ana, oyoqlari ikkita ekan-ku,— dedi xon. Afandi pinagini buzmay javob berdi:
— Shu tayoq bilan birov sizga ham hamla qilsa, ikki oyoq u yoqda tursin, to‘rt oyoqlab qochar edingiz.
Xotin:
— Oyog‘ingizni ko‘taring, polni artib olay!
— Obbo, polniyam mening yordamimsiz yuvolmaysan-a?!
Bir kishi xotini yaxshi eshitmay qolayotganidan tashvishga tushibdi. U xotiniga eshitish uskunasi olib berishga qaror qilibdi. Xotiniga bu haqda qanday aytishni bilmabdi va dastlab buni muhokama qilish uchun shifokorga boribdi.
Shifokor unga uy sharoitida oddiy sinov o‘tkazishni, keyin tashxis qo‘yishi mumkinligini aytibdi. Va sinovni qanday o‘tkazishni tushuntiribdi.
— Xotiningizga 12 metr masofadan biror savol berib ko‘ring. Agar savolingizga javob bermasa, yaqinroq borib savolingizni takrorlang, masofa 9 metr bo‘lsin. Agar yana javob qaytarmasa, 6 metr masofadan savolingizni takrorlang, keyin 3 metrdan. Xullas, u savolingizga javob bermaguncha yaqinlashavering. Shunda uning qulog‘i qanchalik og‘ir ekanligini aniqlab olamiz.
O‘sha oqshom xotin oshxonada ovqat tayyorlayotgan, er esa o‘z xonasida ishlayotgan ekan. Er ichida o‘ylabdi: “Hozir undan taxminan 12 metr uzoqdaman. Shifokor maslahatini bajarishning ayni vaqti”.
— Azizam, nima ovqat qilyapsan?
Hech qanday javob bo‘lmabdi. Er yo‘lakka chiqibdi va savolini takrorlabdi.
— Go‘zalim, nima ovqat? Yana jimlik. U yanada yaqinroq boribdi. Ular orasidagi masofa olti metr ekan.
— Shirinim, nima ovqat qilyapsan? Lekin hech qanday javob bo‘lmabdi. Er oshxonaga kiribdi.
— Nima ovqat yeymiz? Afsuski, bu safar ham xotini indamabdi. Er xotining yoniga yaqinlashibdi.
— Sevgilim, nima ovqat qilyapsan?
Xotini unga o‘girilib qarabdi.
— Azizim, eshitmayapsizmi, beshinchi marta aytyapman, tovuq!
Barmen oldida bo‘sh stakan turgan, shirakayf mijozning oldiga kelib:
— Stakaningiz bo‘shab qolibdi. Yana bitta xohlaysizmi?
— Ikkita bo‘sh stakanni nima qilaman?
O‘zga sayyoralik kundaligidan:
1 Avgust Koreyslar sayyoramizga uchib kelishdi, 3 soat deganda nanotexnologiya yordamida bunkerimizni kodini buzib kirishdi va hammamizga lapsha tarqatishdi. Lapsha shirin ekan, lekin hammamizga yetmadi, shuning uchun koreyslarni asirga oldik.
2 Avgust Amerikaliklar kelib 1 soatda xakerlar yordamida bunkerimizni ochib hammaga gamburger tarqatdi, gamburger shirin ekan lekin hammamizga yetmadi, shuning uchun amerikaliklarni ham asirga oldik.
3 Avgust. Sayyoramizga o‘zbeklar uchib keldi 10 minutda lom va lopatka bilan bunkerimizi ochib kirishdi va hammamizi basharamizga lopatka bilan berib tashashdi va koreyslar bilan amerikaliklarni qutqarib olib ketishdi, lopatka achchiq ekan lekin xammamizga yetdi xech kim quruq qomadi.
— Ayolni qora mushuk kesib o‘tgan yo‘ldan yurishga ko‘ndirish mumkinmi?
— Mushukni iziga qaytarish osonroq.
Latifa.uz loyihasi haqida
Latifa.uz - har kuni yangi va sara ichakuzdi latifalar, hangomalarni taqdim qilamiz. Turli mavzularda eng zo'r latifalar: er-xotin, sevishganlar, do'stlar, ishxona, bozor, haydovchilar, o'qituvchilar, shifokorlar, 8 mart, yangi yil, futbol, afandi va yana ko'plab mavzularda latifalar birinchi bo'lib bizning saytimizda chiqadi. Vaqtingiz maroqli o'tadi, do'stlar davrasi, choyxona va gaplarda bizning latifalarni aytib davrani bemalol qizdira olasiz. Dolzarb mavzularda kulguli rasmlar, yumorga boy dialoglar ham sizni mutlaqo befarq qoldirmaydi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan latifalarning aksariyati aynan Latifa.uz saytining kanal va sahifalaridan olinadi. Telegram, Instagram, Facebook, Twitter'da bizning latifalar orqali odamlar bir-biriga hush kayfiyat ulashadilar. Shu bilan birga saytimiz odamlarni kayfiyatini ko'targan holda yoshlarning savodxonlik darajasini oshirish, sifatli matnlar bilan ularni ko'proq mutoalaa qilishga qiziqtirish. Biz internetda seks, porno, zo'ravonlik hamda 18+ matnlarni tarqalishiga mutlaq qarshimiz. Beldan pastga tushmagan samimiy yumor bilan odamlarning hordig'ini mazmunli o'tishiga hissa qo'shish uchun astoydil harakatdamiz, yoshlar orasida erotika va pornografiya tarqalishini oldini olishni to'liq qo'llab quvvatlaymiz.
Agarda biron-bir latifa bo'yicha e'tirozlar bo'lsa, bizga habar bersangiz saytdan o'chirib tashlaymiz.