Doda latifalar

Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Choli-kampir televizor ko‘rishyapti. Kampir boshqa kanalga olayotsa, futbol chiqib qolibdi.
— To‘xta! Shuni ko‘ramiz! - debdi chol. Kampiri:
— E, bu o‘tib ketgan, eski o‘yin-ku! - desa, chol ko‘zoynagini taqib, televizorga biroz tikilib turib:
— Eski o‘yinga shuncha muxlis kiribdimi-a!? - dermish.
33
Bir chol ko‘chada eshak minib kelayotsa, GAI inspektori hazillashmoqchi bo‘lib, shartta to‘xtatib debdi:
— Siz nega boyadan beri bu jonivorni tayoq bilan urib kelyapsiz?
— Yurmaganidan keyin uraman-da, - javob beribdi chol.
— Qani tez kechirim so‘rang! - debdi GAI xodimi.
Shunda chol eshakka qarab:
— Seni GAIda tanishlaring borligini bilmas ekanman... - dermish.
29
Sher bilan buqa restoranda ichib o‘tirgan ekan, buqani xotini telefon qilib qolibdi.
— Nimalar deyaverasan!? Ishing nima qayerda yurganim bilan!? - deb baqirib, telefonni o‘chiribdi buqa.
Shu payt sherni telefoni jiringlabdi:
— Hozir, hozir yetib boraman, - deb javob qaytaribdi sher.
Buqa kulib:
— Hayvonlar podshohi - sher bo‘lsang! Xotiningdan ham shunchalik qo‘rqasanmi?! - desa, sher javob beribdi:
— Ey buqa, seni uyda mol kutyapti. Meni esa sher kutyapti!
29
Yigit qizga debdi:
— Senga bir taklifim bor.
O‘zida yo‘q xursand bo‘lib ketgan qiz shosha-pisha yigitga termulib:
— Ayting, ko‘p kuttirmang! - desa, yigit:
— Meni tinch qo‘ygin-a!!! - degan ekan.
28
Dugonalar hasratlashmoqda:
— Erimni qara! Vaqt allamahal bo‘ldi, haligicha qayerlardadir mast bo‘lib sang‘ib yuribdi.
— Meni erimdan o‘rnak olsa bo‘lmaydimi?! Uni allaqachon olib kelib tashlashgan...
28
Chekishning zarari aniq isbotlandi. Chekkani chiqqanimda o‘rtoqlarim ovqatimni yeb qo‘yishibdi.
29
Bir boy va chiroyli qiz chekka qishloqqa ko‘chib kelibdi. Mashinasidan tushayotsa, hamma yigitlar anqayib qarab turishsa qiz nozlanib debdi:
— Kim menga yetib olsa, o‘shanga turmushga chiqaman, - debdi-da avtomobiliga o‘tirib haydab ketibdi.
Hamma yigitlar ortidan yugura boshlashibdi. Hatto orasida bitta cho‘loq ham aravachasida quvlay boshlabdi. Qiz tezlikni oshirgan sari, birin-ketin yigitlar orqada qolaverishibdi. Lekin boyagi aravachadagi cho‘loq yigit mashinani ortidan izma-iz yetib kelibdi.
Qiz oxiri avtomobilini to‘xtatib, tushibdi-da debdi:
— Hamma yigitlar qolib ketishdi. Bitta siz yetib keldingiz. Endi sizga turmushga chiqishimga to‘g‘ri keladi.
Cho‘loq yigitni jahli chiqib:
— Turmushga chiqasizmi, yo‘qmi bunisini bilmadim-u, lekin meni aravachamni mashinangizga bog‘lab qo‘ygan odamni dab-dalasini chiqarishim aniq! - dermish.
29
Mendeleyev davriy jadvaliga yangi kimyoviy element qo‘shildi. Element nomi: Ayol. Kodi: Fm. Og‘irligi: yashashdan umidingiz bo‘lsa, so‘ramaganingiz ma’qul!
Fizikaviy xossasi: kutilmagan payt qaynab ketadi, o‘ylamagan vaqtingizda muzlashi mumkin. Yuqori darajada portlash xususiyatiga ham ega. Kimyoviy xossasi: pul, oltin, kumush, platina va hakozolar bilan yolg‘iz qoldirib bo‘lmaydi. Tez reaksiyaga kirishib ketadi. Kamchiligi: juda ishonuvchan. Ko‘p uchraydigan joylar: ko‘zguni oldida, telefonni oldida va bozorda. Qo‘shimcha ma’lumot: ochilmagan qirralari ko‘p. Yashash muddati: qo‘rqmang, erkaklarnikidan ko‘p.
24
Ikkita qari futbolchilar suhbatlashmoqda:
— Qaysi birimiz birinchi bo‘lib olamdan o‘tsak, u dunyoda futbol o‘yini bor yoki yo‘qligi to‘g‘risida xabar beramiz, kelishdikmi?
Futbolchilar kelishib olishibdi-da, ko‘p o‘tmay ulardan biri vafot etibdi.
Tirik qolgan futbolchini tushiga 3 kun o‘tib, marhum do‘sti kirib debdi:
— Qalesan do‘stim? Bu yerda ham futbol bor ekan! Lekin senga yomon xabarim bor! Kelayotgan juma kuni bo‘lib o‘tadigan o‘yinda seni ham familiyang turibdi.
27
— Oyi, menga kimni miyasi qo‘yilgan?
— Adangni miyasi, bolam!
— Nega sizniki emas?
— Menda miya bo‘lganida, adangga turmushga chiqarmidim?!
23