Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Xotin oshxonada tushlik tayyorlab tursa, eri divanda gazeta o‘qiy boshlabdi:
— Olimlarni aniqlashlaricha, erkaklar bir kunda 10 ming, ayollar esa 20 mingta so‘z aytishar ekan.
Xotini:
— Chunki biz ayollar tentak erlarimizga bitta gapni ikki martta takrorlashimiz kerak-da...
Eri:
— Nima deysan xotin???
Bir yigit do‘stiga telegramdan:
— Endi qog‘oz xatlar orqali gaplashsak nima deysan?, - deb yozibdi.
Ancha tanaffusdan so‘ng unga javob kelibdi:
— Nima Alisher, qamoqqa tushdingmi?
Qaynona kelinidan so‘rabdi:
— Lag‘mon cho‘zishni bilasizmi kelinposhsha?
— Ha, bilaman oyijon!
— Lag‘monlaringiz ingichka va mazali bo‘lishi uchun sizga nima kerak?
— Oyog‘imni tagida hech kim o‘ralashmasligi kerak!
Bir kuni savlatli kiyingan erkak, avtobus bekatida odob bilan hammani o‘tkazib yuborib, oxirgi bo‘lib o‘zi avtobusga chiqibdi. Lekin kutilmaganda oyog‘ini eshik siqib qolgan ekan,
— Padaringga la’nat, eshshak, hayvon! Och eshikni xezalak! Nima ko‘rmisan ahmoq, ..., - deb so‘kina boshlabdi.
Qo‘rqib ketgan haydovchi shu zahoti eshiklarni ochibdi. Boyagi erkak darhol o‘ziga kelib, ust-boshini to‘g‘rilab, hushmuomalalik bilan:
— Uzr so‘rayman! Juda qo‘rqib ketdim-da..., - dermish jilmayib.
Qamoqxona boshlig‘i elektr stulda o‘tirgan jinoyatchiga qarab:
— So‘nggi tilagingni ayt! Amalga oshiraman!, - debdi.
Jinoyatchi ko‘p o‘ylab o‘tirmay:
— Iltimos, qo‘llaringizni ushlab turay. Shunda qo‘rqmayman!, - dermish.
Uchrashuvga chiqqan yoshlar suhbatlashmoqda:
— Qayerda ishlaysiz?, - so‘rabdi qiz.
— Yoqilg‘i quyish shahobchasida, - javob beribdi yigit.
— Qo‘lingizdan yana biror nima keladimi?
— Ha. Benzinning hidi keladi.