Doda latifalar

Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Bir yigit do‘stiga telegramdan:
— Endi qog‘oz xatlar orqali gaplashsak nima deysan?, - deb yozibdi.
Ancha tanaffusdan so‘ng unga javob kelibdi:
— Nima Alisher, qamoqqa tushdingmi?
98
Har yili maktabga linoleum uchun pul beraverishdan charchagan ota-onalar, bu yili sinf xonalariga asfalt yotqizishga kelishib olishdi.
123
Qaynona kelinidan so‘rabdi:
— Lag‘mon cho‘zishni bilasizmi kelinposhsha?
— Ha, bilaman oyijon!
— Lag‘monlaringiz ingichka va mazali bo‘lishi uchun sizga nima kerak?
— Oyog‘imni tagida hech kim o‘ralashmasligi kerak!
122
— Manavi dorilarni olib qo‘ying.
— Voy, achchiqligini. Qanday dori edi o‘zi?
— Suvarakka qarshi...!
127
— Adajon, tushimda menga besh ming berganmushsiz...
— O‘sha pullarni o‘zingga olib qo‘yaqol, o‘g‘lim!
140
Bir kuni savlatli kiyingan erkak, avtobus bekatida odob bilan hammani o‘tkazib yuborib, oxirgi bo‘lib o‘zi avtobusga chiqibdi. Lekin kutilmaganda oyog‘ini eshik siqib qolgan ekan,
— Padaringga la’nat, eshshak, hayvon! Och eshikni xezalak! Nima ko‘rmisan ahmoq, ..., - deb so‘kina boshlabdi.
Qo‘rqib ketgan haydovchi shu zahoti eshiklarni ochibdi. Boyagi erkak darhol o‘ziga kelib, ust-boshini to‘g‘rilab, hushmuomalalik bilan:
— Uzr so‘rayman! Juda qo‘rqib ketdim-da..., - dermish jilmayib.
130
Qamoqxona boshlig‘i elektr stulda o‘tirgan jinoyatchiga qarab:
— So‘nggi tilagingni ayt! Amalga oshiraman!, - debdi.
Jinoyatchi ko‘p o‘ylab o‘tirmay:
— Iltimos, qo‘llaringizni ushlab turay. Shunda qo‘rqmayman!, - dermish.
136
Uchrashuvga chiqqan yoshlar suhbatlashmoqda:
— Qayerda ishlaysiz?, - so‘rabdi qiz.
— Yoqilg‘i quyish shahobchasida, - javob beribdi yigit.
— Qo‘lingizdan yana biror nima keladimi?
— Ha. Benzinning hidi keladi.
135
Er xotiniga debdi:
— Xotin, ishdan kelganimda do‘ppim peshonamda turgan bo‘lsa, demak kayfiyatim yaxshi. Istagan narsangni so‘rashing mumkin. Agar do‘ppim boshimni tepasida bo‘lsa, kayfiyatim yomon. Yaxshisi myenga yaqinlashma!
Xotini eriga qarab turib:
— Dadasi, uyga kelganingizda meni qo‘llarim belimda bo‘lsa, kayfiyatim chatoq. Sizni do‘ppingiz qayerda ekanini farqi yo‘q menga, - degan ekan.
134
— Dadasi, yaqinda bolalar maktabga chiqishadi. Barcha zarur narsalarni ro‘yxatini tuzib chiqdim. O‘qiymi?
— Yo‘q, shoshma! Oldin valeriankamni olib chiq.
139