Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
O‘rmonda hammom ochilibdi. Buni qarangki navbat ko‘payib ketibdi. Bir soat oldin kirgan bo‘g‘irsoq chiqib:
— Vay!, - debdi.
— Nima bo‘ldi, - deb so‘rashsa
— Boshimni yuvish esimdan chiqibdi, - debdi.
Restoranda ikki yigit yon stoldagi ketvorgan qizlarni tomosha qilib o‘tirishibdi. Birinchisi:
— Yur tanishmimizami?
— Do‘stim birpast kutib tur, oldin stolga pulini to‘lashsin.
Ikki ovchi o‘rmondan chiqib kelishayotganida bittasi birdan yiqilib tushibdi. U nafas olmayotgan, ko‘zlari esa bir nuqtaga qaragancha qotib qolganmish. Ikkinchi ovchi darhol telefonini olib “tez yordam”ga qo‘ng‘iroq qilibdi. Hayajonlangan ovchi go‘shakni tutganicha qichqiribdi:
— Do‘stim o‘lib qoldi! Nima qilay?
Narigi tarafda operator javob qilibdi:
— O‘zingizni bosing, sizga yordam beramiz, ammo avval ayting-chi, do‘stingiz rostdan ham o‘lib qoldimi?
Bir necha soniya jimlikdan so‘ng miltiqning gumburlagan ovozi eshitilibdi. So‘ng ovchi operatorga debdi:
— O‘lganligi aniq, xo‘sh, endi nima qilay?
Qabristondan qaytayotgan ikki kampir suhbatlashyapti:
— Yoshingiz nechada?
— Sakson yettida.
— Shu yoshingizda pardoz qilib yurganingizga o‘laymi?!
— Ha, endi... O‘zingiz necha yoshdasiz?
— To‘qson uchda, aylanay.
— Uyga qaytib ovora bo‘lib yurganingizga o‘laymi?
Xotin erini mashinasini haydab ko‘rmoqchi bo‘lib o‘tiribdi. Qarasa oyoq tagidagi tepki 2 ta ekan. — Men bu mashinani hayday olmayman. Avtomaktabdagi mashinalarda 3 ta tepki bor edi-ku, - debdi xotini asabiylashib. Eri unga: — Menda avtomat! - desa, xotini battar asabiylashib: — Meni qo‘rqitmang!!! - debdi.
Tungi klubda “kayfi oshib” qolgan bir ayol baland ovozda debdi: — Bu yerda erkak bormi o‘zi? Qani mard bo‘lsang kel, isbot qil! Odamlar orasidan bir erkak kishi chiqib kelib, ko‘ylagi va paypog‘ini yechib ayolga uloqtirib debdi: — Ushla, tez yuvib, quritib, dazmollab qo‘y!
Politsiya boshqarmasi qidirilayotgan bir jinoyatchining 6 xil tarzda olingan suratini hamma hududlarga tarqishdi. Oradan ko‘p o‘tmay, hududiy politsiya mahkamasidan shunday axborot keldi: «Qidirilayotgan 6 ta jinoyatchining beshtasi qamoqqa olindi, oltinchisining ketidan kuzatyapmiz».