Doda latifalar

Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Bir otaxon yosh yigitlarga:
— Chiroyli, ammo ochiq-sochiq kiyingan qizlarni ko‘rsangiz, tavba deb teskari qaranglar, - nasihat qilib tursa, yigitlar hammasi birdaniga:
— Tavba, tavba! - deb yuborishibdi.
Otaxon bo‘lsa:
— Qani? Qayerda? - debdi.
26
— Hoy birodar, nega qarmog‘ingni birini suvga, ikkinchisini o‘t-o‘lanlarni orasiga tashlab o‘tiribsan?
— 10 ming bersang sababini aytaman.
— Mana ol 10 ming. Endi sababini ayt! Judayam qiziqib ketyapman!
— Suvga tashlagan qarmog‘imga hali birorta ham baliq ilinmadi. O‘t-o‘lanlar orasiga tashlagan qarmog‘imdan 50 ming ishlab oldim...
24
Bir ayol ishga ketib, uyda qolgan eriga qo‘ng‘iroq qilibdi:
— Adasi, nima qilyapsiz? - deb so‘rabdi.
Eri:
— Uydaman! Sen qiladigan ishni qilyapman... - debdi.
Xotini o‘zicha xursand bo‘lib, erim uylarni tozalab, ovqat qilib o‘tirgan ekan, deb o‘ylabdi. Kechqurun uyga kelib qarasa, eri divanda yalpayib o‘tirib olgancha, serial ko‘rayotgan ekan.
25
Ayol bo‘lish osonroq. Ozgina jahl qilsang, aytgan narsang muhayyo bo‘ladi.
Erkaklarga qiyin. Jahl qilsa, yeb turgan issiq ovqatdan ham mahrum bo‘ladi.
24

Er-xotin choy ichib o‘tirishibdi.
Xotin:
— Bilasizmi, Afrikadagi ba’zi qabilalarda erlar o‘z xotinlarini sotib yuborar ekan. Mabodo shunday odat bizda ham bo‘lganida meni sotarmidingiz?
Er:
— Yo‘q, men seni sovg‘a qilib yuborardim!

27
Karantinda uyda o‘tirmaslik uchun "yashil hudud"larni qidirib yuribman. Bog‘lar, dalalar, hiyobonlar o‘tmas ekan!
29
Bir ayol karantindan keyin sartaroshxonaga kirsa, tibbiy niqob, ko‘zoynak taqqan, qo‘liga tibbiy qo‘lqop kiygan odam turganmish.
— Assalomu alaykum doktor! - desa, haligi odam:
— Men doktor emas, sartaroshman! - dermish.
29
Nyutonning hali e’lon qilinmagan qonuni:
“Pora bilan qo‘lga tushgan amaldorning qarshiligi 0 ga teng”.
25
— Charchadim. Ertadan-kechgacha tinim yo‘q. Qo‘yamiz, tushiramiz. Keyin yana qo‘yamiz, yana tushiramiz...
— Nimani?
— Paxta qo‘yamiz-u, qovun tushiramiz.
23
Diqqat savol.
Qarindoshlikning korrupsiyaga ta’siri qanday?
— Ahmedov, javob ber-chi!
— Bilmayman ustoz!
— O‘tir besh!
— Rahmat, ada.
26