Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Er-xotin choy ichib o‘tirishibdi. Xotin: — Bilasizmi, Afrikadagi ba’zi qabilalarda erlar o‘z xotinlarini sotib yuborar ekan. Mabodo shunday odat bizda ham bo‘lganida meni sotarmidingiz? Er: — Yo‘q, men seni sovg‘a qilib yuborardim!
Bir ayol karantindan keyin sartaroshxonaga kirsa, tibbiy niqob, ko‘zoynak taqqan, qo‘liga tibbiy qo‘lqop kiygan odam turganmish. — Assalomu alaykum doktor! - desa, haligi odam: — Men doktor emas, sartaroshman! - dermish.
Ayol kishi boshqarib ketayotgan mashinani YPH xodimi to‘xtatib: — Hurmatli haydovchi, uzoqdan qarab turibman aniq 80! – desa, ayol: — Yo‘q! Nimalar deyapsiz?! 80 da emasman. Shunchaki, ko‘ylagim qari ko‘rsatyapti, - dermish.
— Charchadim. Ertadan-kechgacha tinim yo‘q. Qo‘yamiz, tushiramiz. Keyin yana qo‘yamiz, yana tushiramiz...
— Nimani?
— Paxta qo‘yamiz-u, qovun tushiramiz.
Akasi singlisiga debdi:
— Kosadagi murabboni yeb qo‘yganimni oyimga aytmagin!
Oyisi ishdan kelsa, singlisi debdi:
— Oyijon, akam murabboni yeb qo‘yganini sizga hech qachon aytmayman!
Bir kuni Xo‘ja Nasriddinga deyishibdi:
— Nasriddin, sizni xotiningiz aqldan ozibdi!
Xo‘ja Nasriddin chuqur o‘yga botibdi.
Undan so‘rashibdi:
— Nimani bunchalik o‘ylab qoldingiz?
Nasriddin:
— Xotinim o‘zi tug‘ilganida aqlsiz edi. Qanday qilib aqldan ozishi mumkin deb o‘ylab qoldim, - degan ekan.