Bosh vrachni tug‘ilgan kunida qo‘l ostidagi xodimlari "ajoyib" sovg‘a qilishmoqchi bo‘lib, uni operatsiya xonasiga chaqirishibdi: — Ko‘richakni topib bo‘lmayapti, o‘zingiz ko‘rib bersangiz, - debdi xodimlari. Bosh vrach ko‘richakni topaman deb bemorni qorniga qo‘lini tiqsa, qattiq narsa turganmish. — Nima bu? Iye, mashinani kaliti nima qilyapti bu yerda?! — Tabriklaymiz!!! - debdi hamma xodimlari bir ovozdan.
Uyali aloqa kompaniyasidan mijozga qo‘ng‘iroq bo‘ldi: — Hurmatli mijoz, sizga 120 daqiqa bepul qo‘shib berildi. Bir oy davomida foydalanishingiz mumkin. — Bir oy? Bir haftada tugatsam ham bo‘ladimi? — Bo‘ladi! — Bir kunda foydalanib yuborsam-chi? — Albatta bo‘ladi hurmatli mijoz! — Bir soatda-chi? — Buni iloji yo‘q-ku! — Nega iloji bo‘lmas ekan?! Kompaniya ham, aloqa ham, xizmatlaring ham rasvo!
Bir dasturxon atrofida oila a’zolari ovqatlab o‘tirishgan ekan — Bobo, turup yeysizmi? - debdi nabira. Bobosi: — Iye, nega endi hamma o‘tirib yeganda, men turib yeyishim kerek ekan?! - dermish.
— Maksim Galkin, xotiningiz Alla Pugachyova bilan urishib turasizmi? — Yo‘q, aslo urishmaymiz. — Buni siri nimada? — Xotinlarni bahonasi bitta! "Yoshligimni xazon qilding!" deb aytadi eriga. Meni xotinim umuman bunaqa demaydi!