— Allo, bu tez yordammi?
— Ha, bu tez yordam.
— Xotinim napitka deb o‘ylab baklashkadagi benzinni ichib yuboribdi, hozir ichi qizib hovlida yugurib yuribdi.
— Xavotir olmang 10 kmdan keyin benzin tugasa o‘zi to‘xtaydi.
O‘rmonda hammom ochilibdi. Buni qarangki navbat ko‘payib ketibdi. Bir soat oldin kirgan bo‘g‘irsoq chiqib:
— Vay!, - debdi.
— Nima bo‘ldi, - deb so‘rashsa
— Boshimni yuvish esimdan chiqibdi, - debdi.
Restoranda ikki yigit yon stoldagi ketvorgan qizlarni tomosha qilib o‘tirishibdi. Birinchisi:
— Yur tanishmimizami?
— Do‘stim birpast kutib tur, oldin stolga pulini to‘lashsin.
Ikki ovchi o‘rmondan chiqib kelishayotganida bittasi birdan yiqilib tushibdi. U nafas olmayotgan, ko‘zlari esa bir nuqtaga qaragancha qotib qolganmish. Ikkinchi ovchi darhol telefonini olib “tez yordam”ga qo‘ng‘iroq qilibdi. Hayajonlangan ovchi go‘shakni tutganicha qichqiribdi:
— Do‘stim o‘lib qoldi! Nima qilay?
Narigi tarafda operator javob qilibdi:
— O‘zingizni bosing, sizga yordam beramiz, ammo avval ayting-chi, do‘stingiz rostdan ham o‘lib qoldimi?
Bir necha soniya jimlikdan so‘ng miltiqning gumburlagan ovozi eshitilibdi. So‘ng ovchi operatorga debdi:
— O‘lganligi aniq, xo‘sh, endi nima qilay?
Qabristondan qaytayotgan ikki kampir suhbatlashyapti:
— Yoshingiz nechada?
— Sakson yettida.
— Shu yoshingizda pardoz qilib yurganingizga o‘laymi?!
— Ha, endi... O‘zingiz necha yoshdasiz?
— To‘qson uchda, aylanay.
— Uyga qaytib ovora bo‘lib yurganingizga o‘laymi?
Politsiya boshqarmasi qidirilayotgan bir jinoyatchining 6 xil tarzda olingan suratini hamma hududlarga tarqishdi. Oradan ko‘p o‘tmay, hududiy politsiya mahkamasidan shunday axborot keldi: «Qidirilayotgan 6 ta jinoyatchining beshtasi qamoqqa olindi, oltinchisining ketidan kuzatyapmiz».